Qorakent fojiasi
ozarb. Qarakənd faciəsi
Fojiada urib tushirilgan vertolyotga oʻxshash Mi-8.
Mamlakat Ozarbayjon
Viloyat Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati
Hudud Qorakentning uch kilometr yaqinligida, Togʻli Qorabogʻ, Ozarbayjon SSR
Joylashuv yoʻnalishi Xoʻjavand
Sana 1991-yil 20-noyabr
Halokat turi Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan oʻqqa tutilgan.
Yoʻlovchilar soni 22
Qurbonlar soni 22
Vertolyot
Vertolyot modeli Mİ-8
Havo yoʻli firmasi Aeroflot
Uchish nomeri N72
Xarita

39°50′51″N 47°01′49″E / 39.84750°N 47.03028°E / 39.84750; 47.03028

Qorakent fojiasi yoki 20-noyabr fojiasi — 1991-yil 20-noyabrda Xoʻjavand rayonining  Qorakent qishlogʻi yaqinida, Agʻdam rayonining Marzili qishlogʻi hududida arman harbiy qismlari tomonidan urib tushirilgan Ozarbayjon harbiy vertolyoti hodisasi. Hisobga koʻra, Qorakent ustidan uch yuz metr balandlikda uchgan Mİ-8 N72 vertolyoti 1991-yil 20-noyabrda soat 14:42 da oʻqqa tutilgan. Halok boʻlganlar orasida Ozarbayjon Respublikasining davlat kotibi Tofiq Ismoilov, bosh prokuror Ismat Gayibov, davlat maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Asadov, deputatlar Voqif Jafarov va Vali Mammadov, bosh vazir muovini Zulfi Hojiyev, Prezident apparatining shoʻba mudiri va jurnalist Usmon Mirzayev, Qozogʻiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri muovini Sanlal Serikov, Ozarbayjon davlat televideniyesi jurnalisti Ali Mustafoyev bor edi. Halokat natijasida jami 22 nafar halok boʻlgan.[1][2]

Tarixi

tahrir

1991-yil 7-noyabrda Bokuda Qozogʻiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Armaniston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan maqsad Qorabogʻ urushi va qaysi xalqning (ozarbayjonlar yoki armanlar) tazyiq ostida ekanligini aniqlash edi. Shu sababli ham rahbarlar hodisalarni oʻz koʻzi bilan koʻrishga va Xonkandiga borishga kelishdilar.[3]

1991-yil 18-noyabrda Mixayl Gorbachovning shaxsiy yordamchisi Kremldan Bokuga qoʻngʻiroq qiladi va Ozarbayjon Respublikasi Togʻli Qorabogʻ rahbariyatidan Xavfsizlik Kengashining navbatdagi majlisini Togʻli Qorabogʻda oʻtkazishini soʻraydi, chunki hududdagi yer daʼvosida boʻlgan arman liderlarining va Moskva namoyandalarining ham bu majlisda ishtiroki nazarda tutilar edi. Bu qoʻngʻiroqdan soʻng Bokuda roʻyxat tuziladi. Roʻyxatga Viktor Polyanichko rahbarlik qilishi kerak edi. Namoyandalar faqatgina mudofaa vazirliklaridan va Xavfsizlik Kengashining rahbar organlaridan iborat boʻlishi lozim edi.[4]

Rayon komendanti Nikolay Jinkin muovini, polkovnik Vladimir Kushnarik 1991-yil 18-noyabrda tuzgan va Boku bilan kelishgan roʻyxatga „Ashanak“ kolxozining Chorvachilik Birligi raisi Emil Balayan, Vladimir Kushnarikning oʻzi, xalqaro arman diasporasi (asosan Fransiya va Kaliforniya arman cherkovlari) tomonidan moliyalashtirilgan „Krunk“ tashkilotining Togʻli Qorabogʻdagi ideologlaridan Oleg Yeseyan, „Yevkrapa“ jamiyatining moliya masalalari bilan shugʻullanuvchi, Livan arman diasporasi bilan aloqani taʼminlovchi Leonard Petrosyan, zobit Tatavis Bagramyan, shuningdek, Ozarbayjon Xalq Frontining Agʻdam, Xoʻjavand, Fuzuliy, Jabroyil, Xoʻjali, Askaron rayon shoʻba liderlari va ularning Boku namoyandalarining ham qatnashishiga qaror qilingandi. Kengash videoga olinishi va respublika televideniyesining „Kun ekrani“ xabarlar dasturida koʻrsatilishi kerak edi. Soat 13:40 da Agʻdam aeroportiga berilgan xabardan soʻng bu shaxslar vertolyotga chiqmaydilar.[1]

Rasmiy Moskva majlisda davlat kotibi Tofiq Ismoilov va bosh prokuror Ismat Gayibovning mutlaq qatnashishini soʻraydi. Bu istakni esa shaxsan polkovnik Georgiy Septa yetkazadi. 1991-yil 19-noyabr soat 19.05 da roʻyxat tuziladi. Dastlabki roʻyxat Tofiq Ismoilov rahbarligida muzokara qilinadi. Deputatlar Voqif Jafarov va Vali Mammadov roʻyxatdan chiqariladi. Ularning oʻrniga mudofaa vazirliklarining, qoʻshin birlashmalarining mansabdor shaxslari kiritiladi. Roʻyxatga Viktor Polyanichkoning boshchilik qilishi oʻz kuchida qoladi.[4]

Faqat 1991-yil 19-noyabrda yarim kechasi roʻyxat yangilanadi. Viktor Polyanichko, mudofaa vazirliklaridan tanlangan shaxslar nomi roʻyxatdan oʻchiriladi. Deputat Voqif Jafarov va Vali Mammadov roʻyxatga kiritiladi. Tofiq Ismoilov esa tuzilgan roʻyxatga boshchilik qilishi, Agʻdamda Xavfsizlik Kengashining sayyor majlisini oʻtkazishi lozim edi. Yangi roʻyxatni Ayaz Mutallibov 1991-yil 19-noyabr, soat 23:00 da tasdiqlaydi. Roʻyxatdagilarning baʼzilariga tayyorgarliklari uchun qoʻngʻiroq boʻladi. Togʻli Qorabogʻga boradigan shaxslar roʻyxati TQ rahbariyatiga, Agʻdam aeroportiga, harbiy komendantga va Moskvaga joʻnatiladi. Guruhning Togʻli Qorabogʻ hududidagi faoliyatini esa uch kishi nazorat qiladi: Togʻli Qorabogʻ xavfsizlik raisi, polkovnik Georgiy Septa, harbiy komendant muovini, polkovnik Vladimir Kusnarik va Xoʻjavand milliy raisi, polkovnik Oleg Osenov.[4]

Halokat

tahrir

1991-yil 20-noyabrda soat 12:57 da Agʻdam parvoz chizigʻidagi MI-8 rusumli ikki vertolyotning 69 va 72 raqamli yoqilgʻi baklari toʻldiriladi. Mİ-8 N69 vertolyoti asosiy vertolyot boʻlishi, uni ikki nafar — 1981-yilda Afgʻoniston janglarida ishtirok etgan Lantev Mamontov va kapitan Pyotr Babushkin boshqarishi kerak edi. Ikkinchi vertolyot Mİ-8 N72 esa birinchisiga hamrohlik qilishi lozim edi. Lekin ikkinchi vertolyot hamrohlik qilmasdan, yaʼni xavfsizligi taʼminlanmasdan 13:48 da birinchisining oʻrniga havoga koʻtariladi. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, 1991-yil 20-noyabrda vertolyotni — 26 raqamli MI-8 vertolyotini boshqargan kapitan Gennadi Domov ismli uchuvchi 1984-yil 26-martda Afgʻonistonda Jalolobodning „Islom jamiyati“ Moʻmin Jamolxon guruhi tomonidan u boshqargan MI-8 vertolyoti bilan birga urib tushirilgan va oʻsha yerda halok boʻlgan.[4]

Halokat paytida Gulabli va Yangikent yoʻnalishlarida harbiy mashinalarga qoʻyilgan (M-16-26 va MS-22-22 raqamli) va Agʻdam, Xoʻjali aeroportlarining uchish va qoʻnish zonalarini nazorat qiladigan radarlar vositasi bilan soat 14:05 da Agʻdamdan Qorakent yoʻnalishiga uchuvchi Mİ-8 N72 vertolyotning robita aloqalari uziladi. Aloqa uzilgani bilan bogʻliq dastlabki maʼlumotlar Xoʻjavand yoʻnalishida uzatiladi. Lekin uyushtirilgan fojia haqida dastlabki maʼlumot tahminan olti soatdan soʻng beriladi. Agʻdam, Xonkendi va Xoʻjavand harbiy birlashmalarining qoʻmondonligi bir soʻz demas edi.[1][5]

Hisob-kitoblarga koʻra, Qorakent ustidan uch yuz metr balandlikda uchgan Mİ-8 N72 vertolyoti 1991-yil 20-noyabrning 14:42 daqiqada urib tushirildi. Fojia haqida dastlabki maʼlumot Prezident Apparatiga soat 19:55 da yetib keladi. Lekin bu fojia haqida xabar Xonkendidan arman tilida efirga uzatiladigan „Vatan va vatandosh“ koʻrsatuvining xabarlar boʻlimida, soat 15: 30 da berilgan edi. Oʻsha kuni Yerevan radiosi soat 16:15 da xabarni „halokat“ deya sharhladi. Soat 16:40 da Tehron radiosi, 17:00 da Moskva radiosi eʼlon qildi.[1]

Halok boʻlganlar orasida Ozarbayjon Respublikasi davlat kotibi Tofiq Ismoilov, bosh prokuror Ismat Gayibov, davlat maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Asadov, deputatlar Voqif Jafarov va Vali Mammadov, bosh vazir muovini Zulfi Hojiyev, Prezident apparatining shoʻba mudiri va jurnalist Usmon Mirzayev, Qozogʻiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri muovini Sanlal Serikov, Ozarbayjon davlat televideniyesi jurnalisti Ali Mustafoyev bor edi. Halokat natijasida jami 22 nafar halok boʻldi.[2][6]

Birinchi boʻlib Ozarbayjon namoyanda hay’atining maʼlumotiga koʻra, jasadlardan 12 nafarini tanish imkoni bor edi, 3 nafari qisman tanilir, qolganlarning shaxsi esa ekspertiza natijasida aniqlandi.[7][8] Ismat Gayibovning oʻgʻli Ismoil Gayibovning kiygan nimchasining choʻntagida esa Umar Hayyomning ruboiysi bor edi:

Из допущенных в рай и низвергнутых в ад
Никогда и никто не вернулся назад.
Грешен ты или свят, беден или богат,
Уходя, не надейся и ты на возврат.

— Umar Hayyom

Halokat sabablari

tahrir

Rossiyaning ITAR-TASS agentligidan DQMV komandirining xabar berishicha, vertolyot tumanli havoda qoyalarga urilgan. 1991-yilda The New York Timesda nashr qilingan maqolada qayd qilinishicha, vertolyot hay’atining aʼzosi Sovet televideniyesiga „biz hech nima koʻrmayapmiz“ va „bulutlar quyuq“ boʻlganini aytdi. Lekin tergov vaqti vertolyotda raketa portlashiga muvofiq badan teshiklari oshkor boʻlgan edi.[9][10][11]

Halok boʻlganlar roʻyxati

tahrir

Halok boʻlganlarning dafn marosimi 1991-yil 22-noyabrda Bokuda oʻtkazildi.[9][12]

  • Tofiq Ismoilov — Ozarbayjon Respublikasi davlat kotibi;
  • Faxriddin Shahbazov — Video-operator;
  • Usmon Mirzayev — Prezident apparatining shoʻba mudiri va jurnalist;
  • Vali Mammadov — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
  • Orif Husaynzoda — AzTV chiroq ustasi;
  • Rafiq Mammadov — Ozarbayjon Respublikasi davlat kotibi yordamchisi;
  • Ismat Gayibov — Ozarbayjon Respublikasi bosh prokurori;
  • Voqif Jafarov — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
  • Zulfi Hojiyev — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
  • Muhammad Asadov — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati;
  • Ali Mustafoyev — Telejurnalist;
  • Igor Plaviski — Togʻli Qorabogʻ Muxtor Respublikasi prokurori;
  • Nikolay Jinkin — Favqulotda vaziyatlar rayonining komendantı;
  • Sanlal Serikov — Qozogʻiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri muovini;
  • Mixail Lukashov — General-mayor;
  • Oleq Koçerev — Polkovnik-leytenant;
  • Sergey Ivanov — Togʻli Qorabogʻ boʻyicha Milliy Xavfsizlik Kengashi raisi;
  • Vyacheslav Kotov — Vertolyot hay’ati komandiri;
  • Dmitriy Yarovenko — Vertolyot hay’ati aʼzosi;
  • Gennadiy Domov — Vertolyot hay’ati aʼzosi;
  • Vladimir Kovalyov — Togʻli Qorabogʻ Muxtor viloyati Ichki ishlar Idorasi raisi;
  • Qurbon Namozaliyev — Ozarbayjon Respublikasining melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining birinchi muovini.

Reaksiyalar

tahrir

Vertolyot urib tushirilgach, Ozarbayjon Milliy Xavfsizlik Vazirligi hodisani terror akti va diversiya deb nomlagan edi. Qorakent fojiasidan soʻng Bokuda Ozarbayjon SSR Oliy Soveti va Ayaz Mutallibovga qarshi Qorabogʻda qonuniy barpo yoki isteʼfo sharti bilan ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi.[13][14][15]

2013-yilda AQSh Davlat Departamentining matbuot kotibi Jennifer Psaki Qorakent fojiasini Togʻli Qorabogʻ muammosini hal qilish harakatlarini orqaga surganini qayd qilgandi.[16]

Tadqiqot

tahrir

Bugungi kungacha Qorakent fojiasi bilan bogʻliq turli tahminlar ilgari suriladi. Baʼzi manbalarga koʻra, Qorakend fojiasi Rossiyaning uyushtirgan provokatsiya edi. Diplomat Vafo Quluzodaning soʻzlariga koʻra, Qorakent fojiasida Ayaz Mutallibovning roli boʻlgan va fojia natijasida Ozarbayjon himoya qobiliyatini yoʻqotdi.[2][17][18]

Xonkendidagi rus garnizonining harbiy prokurori I. Lazutkin 248-modda bilan (RF CM)(„Parvozning boshqarilmasligi va inson talofati“) jinoyat ishi ochdi. I. Lazutkin dastlabki tergov materiallarini toʻgʻri tuzmaganligi sababli hech narsani tushunib boʻlmasdi. 1991-yil 24-noyabrda Yerevan televideniyesi xabarlar dasturiga intervyu bergan prokuror Lazutkin halok boʻlgan ozarbayjonlilarga birinchi yordamni „armanlar koʻrsatganini“ taʼkidlaydi. Polkovnik bu terror aktini oddiy halokat sifatida sovuqqonlik bilan sharhlar edi. Lazutkin vertolyotning „qora qutisi“ni ham qoʻlga kiritgan edi va unga tegishni taqiqlagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, qora quti „issiq“, „yongʻin“ va „portlash“ sababli ishdan chiqqan va erigan. Baʼzi tadqiqotlarga koʻra, Mİ-8 N72 AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan Barret M81A1 va Barret M82-A1 quroli tomonidan oʻt ochilgan. „Time“ jurnalining 2009-yil 20-iyul sonida „Qora qutilar va qisqa tarix“ maqolasida Mİ-8 N72 vertolyotlarida boʻlgan qora qutilarning yonish ehtimoli 0 ga teng ekanligi taʼkidlandi.[1][7]

1991-yilda Fuzuliy va Xoʻjavand rayonlarining harbiy komendanti boʻlgan general-leytenant Aleksandr Volox 1991-yil 20-noyabrda Xoʻjavand rayonining Qorakent fojiasiga munosabat bildirar ekan, agar uning ish soati orttirilsaydi, Qorakent osmonida oʻqqa tutilgan vertolyotda u ham boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.[19] Oʻsha yilda Ozarbayjon Respublikasi Prokurorligi tergov idorasi raisi Odil Ogʻayev deydi:

Kimdir vertolyotga avtomatdan oʻt ochgandi va vertolyot shikastlangandi. Oʻq otilgan vaqtda vertolyotni boshqarayotgan uchuvchi ikki yeridan jarohatlangan. Uchuvchi jarohati tufayli vertolyotni boshqara olmay, yerga tushib portlagan.[20]

Jurnalist Salman Alioʻgʻli soʻzlariga koʻra, Marzilini bosib oʻtgach, harbiylar jurnalistlarni toʻxtatdilar va u hududga bir sutka davomida hech kimni qoʻymadilar. Alioʻgʻliga koʻra, jurnalistlar hududga borganda ruslar va armanlar hududda jiddiy tozalash ishlarini olib borgandilar. Uning fikricha, vertolyot yerga qulagan va ular vertolyotni yerda yoqqanlar:[21]

Vertolyotdan tahminan 500-600 metr masofa uzoqlikda vazir muovini Qurbon Namozaliyevning jasadi bor edi. 700-800 metr uzoqlikda esa Usmon Mirzayevning jasadi bor edi. Shu sababli men ular vertolyotni qulatganlarida ichidagilar tirik ekanliklari haqidagi fikrimda qolaman.[21]

Alioʻgʻlining soʻzlariga koʻra, safardan avval Ismat Gayibov va Muhammad  moʻyna kiygan edilar va kiyimlari ostida Isroilda ishlab chiqarilgan avtomatlari bor edi. Jurnalist fikricha, vertolyot ichida otishma boʻlgan. Mayitlarni tobutlarga qoʻyilganida vertolyotda boʻlganlar bilan tobutdagilar soni toʻgʻri kelmas edi, tahminan 3-4 jasad yoʻq edi.[21]

2010-yil 20-noyabrda Qorakent fojiasi jinoyat ishi bilan bogʻliq tergov toʻxtatildi. Sabab hodisa yuz bergan hududning Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilinishidir. Jinoyatni uyushtirgan shaxslarni aniqlashning imkoni boʻlmadi.[2][22]

2016-yilda Qorakent fojiasida halok boʻlgan jurnalist Usmon Mirzayevning qizi Sevinch Usmonqizi parlamentda Ozarbayjon Oliy Sovet raisining sobiq muovini va tergov komissiyasi raisi Tamerlan Qorayevni ayblaydi:

Oʻsha vaqtlari shunday tahminlar bor ediki, fojiada ozarbayjonlarning mahalliy oʻzini himoya qiluvchi mudofaa guruhiga rahbarlik qiluvchi sahro komandiri “Qatir Mammad”ning qoʻli boʻlgan. “Qatir Mammad” qamoqxonada ifoda berganida, vertolyotni urib tushirishni ularga Tamerlan Qorayev topshirgan va ularga vertolyot ichida armanlar borligini aytganini ta’kidlagan. Keyinchalik “ Oqatir Mammad ” qamoqxonada sirli ravishda vafot etdi. Uning bu iqroridan soʻng Tamerlan Qorayev hech boʻlmasa shubhalilar qatoriga kiritilishi lozim edi. Biroq bu ish amalga oshirilmadi...[23]

Sevinch Usmonqizi tergov va parlament tadqiqot komissiyasining ishlaridan muhim dalillarning yoʻq qilinishi, ikkinchi vertolyotning uchganini, yongan MI-8 ga yaqinlashgan mashinalar karvonini koʻrgan ozarbayjon choʻponining ifodasining oʻchirilishi — bularning barchasini mustaqillikka endigina erishgan Ozarbayjonga qarshi puxta tayyorlangan terror aktining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.[24]

Fotosuratlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Xorijiy oʻtishlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Novruzoğlu, Rövşən. GENOSID......ECOCID. Bakı: «Adiloğlu» nəşriyyatı, 2005 — 544-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Qarakənd faciəsi - Erməni dəhşətləri“. karabakhmedia.az. karabakhmedia.az. 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016. (Wayback Machine saytida 2018-01-23 sanasida arxivlangan)
  3. Şirinova, Arzu „Qarakənd düyünü“. anl.az. anl.az. 2018-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Özbəkistan, Daşkənd Hərbi Dairəsi. Əfqanıstan-İran istiqamətindən polkovnik V.İ.Qurinin 1984-cü il dekabrın 12-də Moskvaya, MN BQ-a ünvanladığı 216/051 saylı məktubundan
  5. Makili-Aliyev, Kamal „Enforcement of International Law in the Nagorno-Karabakh Conflict“. lup.lub.lu.se. lup.lub.lu.se. 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  6. „20 Noyabr, 1991-ci il “Qarakənd faciəsi” kimi əbədi xatirələrdə qaldı“. azl.abna24.com. azl.abna24.com. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  7. 7,0 7,1 Əliyev, Zaur „Qarakənd faciəsi unudulmamalıdır“. karabakhinfo.com. karabakhinfo.com. 2017-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016. (Wayback Machine saytida 2017-02-21 sanasida arxivlangan)
  8. Батыев, Бахрам „«ОТЕЦ ВООДУШЕВЛЕННО СКАЗАЛ: «ВЧЕРА МЫ ОЧИСТИЛИ ОТ БОЕВИКОВ ЧАЙКЕНД...!»“ (Rus). vesti.az. vesti.az. 2017-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  9. 9,0 9,1 „Soviet Air Crash Kills 20 on Peace Mission“. www.nytimes.com. The New York Times. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  10. Croissant, Michael P.. The Armenia-Azerbaijan conflict: causes and implications. Westport, CT: Praeger Publishers, 1998 — 45-bet. ISBN 0-275-96241-5. Qaraldi: 17 iyul 2016. 
  11. Izdatelskiy dom „Kommersantʼ“. Jurnal „Vlast“, № 45 (89) ot 25.11.1991. V Azerbaydjane sbit vertolet s VIP na bortu
  12. „Azerbaijanis Mourn Victims Of Copter Crash in Enclave“. www.nytimes.com. The New York Times. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  13. Kuznetsov, Oleq (2015). "First Terrorist War: A Look from Russia (Transnational Armenian Terrorism and Nagorno-Karabakh Conflict of 1988-1994)". İrs 2 (21): 54-63. Archived from the original on 2021-07-19. https://web.archive.org/web/20210719094415/http://oleg-kuznetsov.ru/upload/iblock/9bf/9bf26285d95a7e28b89e7b8c90991a3c.pdf. Qaraldi: 17 iyul 2016. 
  14. Белых, В.. „Ошибка пилота или диверсия?“ (Rus). İzvestiya (22 noyabr 1991). 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  15. Qlebov, Roman „В Азербайджане сбит вертолет с VIP на борту“. www.kommersant.ru. Kommersant. 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  16. „ABŞ Dağlıq Qarabağ münaqişəsi ilə bağlı mövqeyini açıqladı“. www.anspress.com. www.anspress.com. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  17. „Qarakənd faciəsi Azərbaycanın bel sütununu qırdı“. karabakhinfo.com. karabakhinfo.com. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  18. Osmanqızı, Sevinc „Sülh missiyası 2“. www.youtube.com. ANS. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  19. Dəniz, Ramiz. Həqiqət. Bakı: “MM-S” müəssisəsi, 2014 — 41-bet. ISBN – 978-9952-8230-9-7. Qaraldi: 17 iyul 2016.  (Wayback Machine saytida 2018-01-22 sanasida arxivlangan)
  20. „Helikopter faciəsi - 24 il“. www.anspress.com. www.anspress.com. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.
  21. 21,0 21,1 21,2 „Əcələ qaçan deputat və ya İsmət Qayıbovun sonuncu yemək sifarişi“. kulis.lent.az. kulis.lent.az. 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016. (Wayback Machine saytida 2018-01-23 sanasida arxivlangan)
  22. „Helikopter Terörü Soruşturması Kapandı“. www.zeynebiye.com. www.zeynebiye.com. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016. (Wayback Machine saytida 2018-01-22 sanasida arxivlangan)
  23. „Qarakənd faciəsi ilə bağlı yeni iddia“. xitab.az. xitab.az. 17 iyul 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.[sayt ishlamaydi]
  24. „"Qarakənd faciəsi"ni də ədalət anı gözləyir!" - Sevinc Osmanqızı yazır“. koordinat.az. koordinat.az. 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 iyul 2016.