Qorakoʻl, qorakoʻl terilari — qorakoʻl qoʻy zotita mansub 1—3 kunlik qoʻzilardan olinadigan teri turi (moʻyna mahsuloti). Noyob xom ashyo. Q. xususiyati turli shakl va oʻlchamdagi zich jingalaklar (mas, loviyasimon, qalami va hokazo) hosil qiluvchi qalin, elastik, ipaksimon, yaltiroq jun qoplamidir. Eng qimmatlisi qalami gullilari hisoblanib, gullari paral-lelkonsentrik, toʻgʻri qatorli joylashgan boʻladi. Yelka va dumgaza qis-mi, asosan qalami va dona gullardan iborat boʻlib, boshqa qismlari unchalik qimmatli boʻlmagan jingalaklar — gullar bilan qoplangan. Q. terilarining qimmati jingalak qatlamining tekisligi, yaltiroqligi, ipaksimonligi, junining yengil, mayin, chidamliligi bilan belgilanadi. Oqva qora tolalarning nisbatiga qarab qora, och koʻk (sutsimon, poʻlatrang); oʻrta koʻk (havorang, kumushrang, marvaridrang, qoʻrgʻoshinrang); toʻq koʻk (oqishrang, sadafrang); qora koʻk (qora sherozi); sur (Buxoro suri. tillarang. kumushrang, olmosrang, och binafsharang); Qora-qalpoq suri (poʻlatrang, oʻrikgul, shamchiroq, qambar); Surxondaryo suri (bronzarang, oq oltinrang. qahraborang, toshkoʻmirrang) va jun qopla-mining rangiga qarab guligaz, qambar, zarmalla (toʻq sariq); oq. shuturi, qoʻngʻir, oq tushgan qora kabi terilar ham bor.

Hamma turdagi q. terilarining gullari uzunligi va eniga qarab quyidagicha boʻlinadi. Eni boʻyicha: maydagul — 4 mm gacha; oʻrtagul — 4 mm dan 8 mm gacha; kattagul — 8 mm va undan ziyod. Uz. boʻyicha: kaltagul — 20 mm gacha; oʻrtacha uzunlikdagi gul — 20 mm dan 40 mm gacha va uzun gul — 40 mm va undan uzun. Har bir rang ichida gullarining va jun tola qoplamining sifatiga qarab 3 navga ajratiladi.

Shuningdek, qorakoʻlcha (biror sabab bilan muddatidan oldin tugʻilgan (120—140 kunlik) yoki soʻyilgan ona qoʻyning qornidagi 134—145 kunlik homiladan olingan qorakoʻl terisi) ham Q.ning bir turi hisoblanadi. Uning gullari tekis, nozik boʻlganligi sababli yuqori qadrlanadi. Jaketlar, yoqalar, bosh kiyimlar va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi.

Q. terilari Xelsinki, Kopengagen, Sankt-Peterburg, London, Nyu-York va boshqa xalqaro jahon bozorlarida sotiladi.

Surʼat Yusupov.