Qoraqalpogʻiston (nashriyot)
Oʻzbekistondagi nashriyot
"QORAQALPOGʻISTON" ("Qaraqalpaqstan") — Qoraqalpogʻistondagi nashriyot. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tasarrufida. 1928-yil Qoraqalpoq davlat nashriyoti nomida tashkil etilgan. 1964-yil iyuldan hozirgi nomda. Nukus shahrida joylashgan. Nashriyot jahon adabiyoti klassiklari asarlarini, shuningdek, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik adabiyotlar, tibbiyot, oʻquv-pedagogika sohalariga oid asarlar nashr etadi. 1930—31 yillar "Q."ning Toʻrtkoʻldagi bosmaxonasi hamda gaz. tahririyatlari birlashib, qoraqalpoq va qozoq tillarida, jami 46 nomda kitoblar nashr etgan. 2004-yil "Qoraqalpogʻiston" nashriyotida 53 nomda 141 ming 500 nusxada bosma mahsulot nashr etildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |