Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi reisi[1]) — Qoraqalpog'iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi raislik qiluvchi mamlakatning oliy mansabdor shaxsi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi | |
qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi reisi' | |
Mamlakat: | Qoraqalpog‘iston |
Amaldagi shaxs: | Amanbay Orinbaev |
Rahbarlik qiladi: | Qoraqalpog‘iston Joʻqorgʻi Kengesi raisi |
Qarorgohi: | Nukus shahri, Islom Karimov koʻchasi, 112-uy |
Sayt: | https://joqargikenes.uz/ |
Bu lavozimning amaldagi sohibi O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Amanbay O‘rinboyev hisoblanadi.
Saylov
tahrirQoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi respublika rahbari hisoblanib, deputatlar o‘rtasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ushbu muddatta Joʻqorgʻi Kenges vakolatiga teng bo‘lgan muddatga teng bo'ladi. Kenges raisi 2 martadan ortiq qayta saylanishi mumkin emas.
Vakolat va masʼuliyat
tahrirDavlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengesi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Joʻqorgʻi Kengesning Raisi Qoraqalpog‘istonning yuqori qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. Qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini nazorat qilib, O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi lavozimiga nomzod taklif etadi. Shuningdek, Vazirlar Kengesi, Vazirlar Kengesining Raisi tumanlar va shaharlar hokimlarini lavozimga tayinlab, lavozimidan ozod qiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari, Qoraqalpog‘iston, shahar va tuman sudyalari, Xo‘jalik sudi raislari va sudyalari lavozimlariga, Joʻqorgʻi Kengesga nomzodlarni kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi va qonunlari buzilgan taqdirda, Joʻqorgʻi Kenges raisi deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining qarori bilan javobgarlikka tortilishi mumkin[2].
Raislar roʻyxati
tahrir- Tursin Allambergen qizi Yeshimbetova (1990-2.1991)
- Dauletbay Nuratdin oʻgʻli Shamshetov (1948-1998)
- Ubbaniyaz Ashirbek oʻgʻli Ashirbekov[3][4] (1992-1995, 1995-1997)
- Temir Kamal oʻgʻli Kamolov[5] (1997-yil iyul oyidan—2002-yil 3-mayga qadar))
- Musa Tajetdin oʻgʻli Erniyazov (2002-yil 3-may—2020-yil 31-iyul)
- Murat Qallibek oʻgʻli Kamolov (02.10.2020[6]—26.08.2022)
- Amanbay Tileubay oʻgʻli O‘rinboyev (2022–)
Manbalar
tahrir- ↑ Jo’qorg’i Kenges Raisi (өзбекше) Жоғарғы Кеңес төрағасы. joqargikenes.uz. 2.10.2022
- ↑ Конституция Республики Каракалпакстан
- ↑ „ЕВРАЗИЯ — Марип Кунградский: Украинские события разбудили все каракалпакские диаспоры“. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ „Указ Президента Республики Узбекистан от 23.12.1994 г. N УП-1027 «О введении в действие Положения о паспортной системе в Республике Узбекистан» | Паспортно-визовая система |…“. 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ „procella.ru is for sale“. 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ „Избран Председатель Жокаргы Кенеса | Институт стратегических и межрегиональных исследований при Президенте Республики Узбекистан“. isrs.uz. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.