Qoraqatdoshlar
Qoraqatdoshlar - ikki urugʻpallalilarga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, buta va kichik daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, yon bargchasiz, ketma-ket qarama-qarshi yoki rozetka holida joylashgan. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, toj-barglari 5, baʼzan 4 ta, bittadan yoki toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi koʻsak-cha, 35 turkumi (600 turi) mavjud, asosan, Shimoliy yarim sharning sovuq va moʻʼtadil mintaqalarida, ayniqsa, togʻlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turkumga mansub 6 turi oʻsadi. Bular ichida isteʼmol qilinadigan qoraqat keng tarqalgan. Q.ning toshyorar, gortenziya, filodelfiya turkumi vakillari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Badan turi tarkibida 20% gacha oshlovchi moddalar bor. Q.ning hamma turlari asalarilar uchun oziq.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |