Qoraboʻronkoʻl
(Qoraqoʻshindan yoʻnaltirildi)
Qoraboʻronkoʻl, Qoraqoʻshin (xitoycha Taytemaxu) — Xitoydagi koʻl, Tarim tekisligining sharqiy qismida. Maydoni 88 km²(atrofidagi suv bosadigan botqoqliklar bilan birga 250 g). Chuq. 1–2 m, eng chuqur joyi 10 m. Atrofi shoʻrxok va qamishzorlardan iborat. Q.ga Cherchen daryosi, suvi koʻpaygan yillarda Tarim daryosi quyiladi. Koʻlning shim. qismida suvi chuchuk, janubida shoʻr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |