Qoraqoʻyli jome masjidi
Qoraqoʻyli jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].
Masjid | |
Qoraqoʻyli jome masjidi
Qoraqoʻyli | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻka |
Manzil | Qoraqoʻyli qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qoraqoʻyli mahalla fuqarolar yigʻini |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Akromjon domla Nurmatov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirQoraqoʻyli jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Qoraqoʻyli qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qoraqoʻyli mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 700 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Qoraqoʻyli qishloq fuqarolar yigʻini, Ziyokorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Qoraqoʻyli mahalla fuqarolar yigʻini, Maktab mahalla fuqarolar yigʻini, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Xamid Olimjon mahalla fuqarolar yigʻini, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, U. Yusupov mahalla fuqarolar yigʻini, Xondamir mahalla fuqarolar yigʻini, hamda, J. Azamatov jamoa xoʻjaligida yashovchi aholi vakillari tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Akromjon domla Nurmatov hisoblanadi.
Tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 16-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[4]. Qoraqoʻyli jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Jome masjid 2019-yilda qayta taʼmirlandi, devorlariga sharqona uslubida va islom meʼmorchiligi asosida ishlov berildi, tahoratxonasi esa eng zamonaviy talablar asosida qaytadan jihozlandi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"QORA QO'YLI" jome' masjidi“. orginfo.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"QORA QO'YLI" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.