Qoraqum eshon majmuasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanining hozirgi Koʻksuv, Shaxaman shimolidagi Qoraqum eshon majmuasi. Unda masjid, madrasa, kitobxona, juvozxona, ziyoratgoh eʼtiqod oʻrinlari joylashgan.

Qoraqum eshon majmuasining maydoni 25 gektar boʻlib, bu yerda XVIII-XIX asrlarga oid 23x23x5 sm oʻlchamdagi pishgan gʻishtlarning qoldiqlari saqlangan. Qoraqum eshon ziyoratgohida XVIII-XIX asrning boshlarida yurt boshqargan qoraqalpoqning taniqli biylari, botirlari, ulamolari, adabiyot va madaniyat vakillari dafn qilingan. Ularning orasida Kunxoʻja, Berdaq, Qutli xoʻja Aziz, uning bolalari va nevaralari, Abbaz shoirning otasi Dabil eshon va boshqa mashhur insonlarning ziyoratgohi joylashgan. Qoraqum eshon masjidi deb nomlanishi kichkina tepalik qoraqum boʻlgan, uning oldida koʻl boʻlgan. Koʻlni Bekaman koʻl deb atashgan. Bu yerga Kaʼbatulloh, Makka-Madinadagi madrasani oʻqib tugatgan Qutli Aziz islom dinini, shariatini xalq orasida keng targʻib qilish uchun yuborilgan. Qutli Aziz xon tomonidan yuborilgan maslahatchisi boʻlgan. U kelib masjid, madrasalar qurdirgan, xalqning farzandlarini oʻqitgan, shariat tartiblarini oʻrgatgan[1].

Qoraqum eshon XVIII-XIX asrlar boshlaridagi qoraqalpoqlarning maʼnaviy va madaniy markazlaridan biri. Bu muqaddas maskan atrofida qoraqalpoqning qoʻngʻirot ulusining yirik urugʻlari qoʻldavli, qoʻstamgali, baymaqli, teristamgʻali, muyten, ashamayli va boshqa ovullari joylashgan. Madrasaning nomi faqat qoraqalpoqdagina emas, u Xorazm va turkmanlar orasida, janubi-sharqiy qozoqlar orasida juda mashhur boʻlgan. Madrasada musulmon taʼlimoti haqida darsliklar bilan bir qatorda hisob, adabiy-tarixiy tartib, qonun ilmlari oʻrgatilgan.

Qoraqum eshon haqida tarixiy afsonalar, gaplar, soʻzlar, suhbatlar, sheʼrlar juda koʻp. Berdaq va Kunxoʻja shoir otalarimizning qabriga keyinchalik kerak boʻladi, deb belgi qoʻyib ketgan ekan. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab ziyoratgohlar muhofazaga olinib, qoraqalpoq hududida mashhur insonlarga yodgorliklar qurilib, Berdaq bobomizga ham yodgorlik oʻrnatildi.

Manbalar

tahrir
  1. J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.