Qoratikan
Qoratikan — it-jumrutdoshlarga mansub sertikan buta, baʼzan daraxtcha. Gʻarbiy va Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda tarqalgan. Boʻyi 2–3 m. Barglari oddiy, bandli, seret, qiyshiq-tuxumsimon yoki qiyshiq-ellipssimon. Gullari ikki jinsli, mayda, koʻkimtir-sargʻish, barg qoʻltigʻidagi soyabonlarda joylashgan. Mevasi quruq, disksimon, qanotchali, diametri 15 – 25 mm, quruq, qizgʻishjigarrang. May oyida gullab, mevasi iyun—avgustda yetiladi. Q. yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli. Poʻstlogʻi va mevasi tarkibida oshlovchi moddalar bor. Ildizi va bargi siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Yashil devorlar hosil etish uchun ekiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |