Qoratogʻ zilzilasi
Qoratogʻ zilzilasi - 1907-yilning 21-oktabrida Hisor togʻining janubiy tizmalarida sodir boʻlgan. Zilziladan avval yer ostidan juda dahshatli guldiragan tovush eshitilib, ketma-ket yer qimirlashlar natijasida 100 km masofada 150 dan ortiq qishloq vayron boʻlgan, 1500 dan ortiq kishi oʻlgan. Shuningdek, Toʻpolondaryo sohillarida koʻchkilar, oʻpirilmalar sodir boʻlgan. Dunyodagi eng kuchli zilzilalar qatoridan oʻrin olgan bu zilzila oʻchogʻi uch joyda 20—25 minut orasida sodir boʻldi. 9—10 balli tebranish maydoni 2000 km3gʻgi tashkil etgan. Zilzilalardan tarqalgan seysmik toʻlqinlar 500–600 km masofada ham sezilgan.
Birinchi zilzila Surxon vodiysining shimoliy qismi bilan Machitli togʻining orasida joylashgan yer uzilmasida 21 oktabr soat 4 dan 23 min. oʻtganda 30 km chuqurlikda paydo boʻlgan. Epitsentrda uning kuchi 9—10 ball boʻlib, magnitudasi 7,5 ga yetgan. Oradan 20 min. oʻtmasdan ikkinchi marta yer silkinib, epitsentri gʻarbla, 30– 35 km keladigan Surxon togʻi yon bagʻ-rida 9 balli kuch bilan, 24 km chuqurlikda sodir boʻlgan va Boysun atrofidagi qishloqlarni yakson qilgan. Oradan 5—6 min. oʻtar-oʻtmas uchinchi zilzila sharq tomonla joylashgan qoratogʻ daryosi atroflarida 20 km chuqurlikda harakatga kelgan. Bu zilzi-lalarning kuchi 9 balldan ortiq, mag-nitudasi 7—7,3 ga teng boʻlgan. Oradan 6 kun oʻtgach, Machitli togʻining shimoli-sharqida joylashgan Choʻyanchi qishlogʻi atrofida magnitudasi 6,2 boʻlgan 8—9 balli yer silkinishi takrorlandi. Zilzila epitsentrlarining ikkitasi hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan.
Bu zilzilalar umuman toʻrtlamchi davrdan hozirgigacha Hisor uzilmalari boʻyicha vaqt-vaqti bilan boʻlib turadigan tektonik harakatlarning faolli-gini koʻrsatadi. 1935 (Boysun), 1943 (Fayzobod), 1949 (Xayit) va 1968 (Boysun) yillardagi 8, 9, 10 ball bilan silkingan zilzilalar bu jarayonga misol boʻladi.
Qoratogʻ zilzilasidan yuzaga kelgan seysmik toʻlqinlar Jizzax atroflarida 5—6, Samarqandda 6—7, Termiz, Panjakent, Xoʻjand, Andijonda 4—5, Toshkentda 4 ball bilan sezilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |