Qoravoy ota jome masjidi
41°27′37″N 69°36′22″E / 41.46028°N 69.60611°E
Masjid | |
Qoravoy ota jome masjidi
| |
Masjidning 4P12 trassasidan koʻrinishi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Gʻazalkent QFYga qarashli boʻlgan „Maʼrifat“ MFY, Gʻazalkent koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Abdumoʻmin domla Razakov |
Maqomi | Joʼme Masjidi |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | faoliyat koʻrsatmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
|
Qoravoy ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
tahrirQoravoy ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qoravoy mahalla fuqarolar yigʻini Chotqol koʻchasida joylashgan[2]Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Qora manas qishloq fuqarolar yigʻini, Aranchi mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Boy toʻpi mahalla fuqarolar yigʻini, Axillik mahalla fuqarolar yigʻini, Yoshlik mahalla fuqarolar yigʻini, Kishmish mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Kusherlik mahalla fuqarolar yigʻini, Aydarlik mahalla fuqarolar yigʻini, Eski bogʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi mahalla nomli mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Sadoqat mahalla fuqarolar yigʻini, Muborak mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abdumoʻmin domla Razakov hisoblanadi.
Tarixi
tahrirQoravoy ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. 2018-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 12-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qoravoy ota jome’ masjidi“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.