Qorin boʻshligʻi
Qorin boʻshligʻi - tana ikkilamchi boʻshligʻining bir qismi; umurtqali hayvonlarda buyrak va yurakdan, sut emizuvchilarda esa buyrak, yurak va oʻpkadan tashqari hamma ichki aʼzolar joylashadi. Yetuk holatdagi tuban umurtqali hayvonlarda Qorin boʻshligʻini yurak oldi boʻshligʻi bilan tutashtiruvchi kanallar saqlanadi. Koʻpchilik baliklarda Qorin boʻshligʻi tashqi muhit bilan abdominal teshiklar orqali aloqada boʻladi. Toʻgarak ogʻizlilar va baliqlarda Qorin boʻshligʻining oldida yurak oldi boʻshligʻi joylashadi; quruklikda yashovchi umurtqalilarda u ketinga surilgan va Qorin boʻshligʻiga kiradi. Sut emizuvchilarda koʻkrak toʻsigʻi yoki diafragma hosil boʻlishi natijasida yurak oldi boʻshligʻi oʻpkani saqlovchi Qorin boʻshligʻining old qismi bilan birga uning qolgan qismlaridan ajralib turadi. Odamda Qorin boʻshligʻi qorin deb ham ataladi, unda meʼda-ichak yoʻli (qiziloʻngachning qorin qismidan toʻgʻri ichakgacha), jigar. meʼda osti bezi, taloq, buyrak usti bezi va boshqa aʼzolar joylashadi.
Qorin boʻshligʻidagi seroz suyuqlik qorin pardani hamisha namlab turadi. Shuning uchun Qorin boʻshligʻidagi aʼzolar bir-biriga ishqalanmay yengil harakatlanadi.Ha
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |