Qorinkiprikli chuvalchanglar
Qorinkiprikli chuvalchanglar — birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Tanasi yassi, uz. 0,05—1.5 mm. Tanasi boʻylab va uning keyingi uchida yopishqoq bezli naychalar joylashgan. Kipriklari faqat qorin tomonida boʻladi (nomi shundan). Sezgi organlari — tuygʻu qillar, hidlov chuqurchasi va pigment koʻzlar (fotoretseptorlar). Hazm qilish sistemasi — muskulli halqumdan boshlanadigan ichak. Ayirish sistemasi — bir juft shoxlangan naychalar tanasining yon tomonida tashkariga ochiladi. Qorinkiprikli chuvalchanglar — germafrodit yoki partenogenetik urgʻochilar. Dengiz va chuchuk suv havzalarida yashaydi. Bir hujayrali suvoʻtlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. 160 turi maʼlu.m. Qorinkiprikli chuvalchanglar faunasi Oʻzbekistonda oʻrganilmagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |