Munchoqtepa
(Qorovultepadan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Munchoqtepa — qalʼa harobasi (milodiy 2—3-asr). Namangan — Qoʻqon temir yoʻlning Urganjiy st-yasidan 1,5 km shimoli-sharqda, qum barxanlari orasida bino qilingan. M.ning uz. 94 m, eni 82 m, balandligi 10 m. M.ning atrofida chuqur xandaq izi, janubi-sharqiy burchagida qalʼa arki harobalari, shuningdek, sopol idishlar sinigʻi, xumdon qoldiklari saqlangan. Bunday buyumlar qalʼadan tashqarida, qum barxanlari ustida ham uchraydi. Bu hol M.dan tashqarida ham aholi yashaganligidan dalolat beradi. M. 7—8-asrlarda arab istilochilari tomonidan harobaga aylantirilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |