Qosh bol, Gulsari!
Qosh bol, Gulsari! (qozoqcha: Қош бол, Гүлсары!, ruscha: Прощай, Гульсары!) — Chingiz Aytmatovning „Alvido, ey Gulsari!“ yoki „Alvido, Gulsari!“ qissasi asosida qozoq kinorejissyori Ardak Amirqulov tomonidan olingan dramatik film.
Qosh bol, Gulsari! | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Ardaq Amirqulov |
Ssenariynavis(lar) | Erjan Rustembekov |
Rollarda |
Dogʻdirbek Qidiraliev Nurlan Sanjar Rayhan Aytqojonova Janel Makajanova |
Studiya(lar) |
Ardfilm Qozoqfilm |
Chiqarilgan sanasi | 2008 |
Davomiyligi | 102 daqiqa |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Tillar |
ruscha qozoqcha |
Byudjeti | 1 mln AQSh dollari |
Syujeti
tahrirFilmdagi voqealar 1950-yillardagi Sovet Qozogʻistonida boʻlib oʻtadi. Filmda kommunistik kolxozchi Tanabay bilan birga umr boʻyi sayohat qilgan aygʻiri Gulsari bilan munosabatlari koʻrsatilgan.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Dogʻdirbek Qidiraliyev | Tanabay |
Nurlan Sanjar | Shori, Tanabayning do'sti |
Rayhan Aytqojonova | Jaydar, Tanabayning rafiqasi |
Janel Maqajanova | Bubijan, Tanabayning qiz doʻsti |
Filmni suratga olish jarayoni
tahrir102 daqiqalik filmni suratga olish ishlari bir yildan ortiq davom etgan, suratga olish ishlari Almati viloyatining togʻli hududidagi Uzunagʻash qishlogʻi yaqinida boʻlib oʻtadi[1]. Filmni suratga olish ishlari 2006-yilning fevralida boshlangan va uch yarim oy davom etgan, biroq filmni moliyalashtirish sekinligi tufayli film 2008-yilning 7—13-sentabr kunlari Ostona shahrida boʻlib oʻtgan V Yevroosiyo kinofestivali boshlanishidan oldin yakunlanadi[2].
Bosh qahramon Tanabay rolini ijro etgan qirgʻizistonlik aktyor Dogʻdirbek Qidiraliyev bu rolga uch yil tayyorgarlik koʻrgan va buning uchun 13 kilogramm vazn yoʻqotgan[3]. Aygʻir Gulsari rolini Qozogʻistonning Taraz shahridagi ot fermasidan birida topilgan Garpun laqabli ot oʻynagan[2].
Mukofotlari
tahrir- V „Yevrosiyo“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofoti (2008).
- II Issiqkoʻl kinofestivali „Eng yaxshi rejissyor“ (Ardaq Amirqulov) va „Eng yaxshi erkak roli“ (Dogʻdirbek Qidiraliyev) mukofoti (2008)[4].
- 2011-yil aprel oyida Kish kurort orolida boʻlib oʻtgan I Xalqaro Eron kinofestivalining maxsus mukofoti[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Natalya Filonova. „„Proshay, Gulsari!“ v prokate“ (rus tilida) (2008-yil 6-noyabr). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „„Proshay, Gulsari!“ po-kazaxski“. 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2008-yil.
- ↑ „V Kazaxstane proshla gromkaya premyera filma „Proshay, Gulsari!““. Qaraldi: 3-dekabr 2008-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ardak Amirkulov: „Proshay, Gulsari!“ Chingiza Aytmatova - saga o poslednem kochevnike“ (rus tilida) (2008-yil 30-oktyabr). 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.
- ↑ Aldiyar Kosenov. „„Proshay, Gulsari!“ nagrajden spesialnim prizom jyuri iranskogo kinofestivalya“ (rus tilida) (2011-yil 29-aprel). 2022-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.