Qosim ali Chehrakushoy
QOSIM ALI (yoki Qosim ibn Ali) Chehrakushoy (15-asr 2-yarmi Hirot — 16-asr 30-yillar, Seiston) — musavvir, xattot va olim; Hirot miniatyura maktabining yirik vakili. Kamoliddin Beh-zodnit eng yaqin shogirdi. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida tarbiya topgan va ijod qilgan, Sulton Husayn Mirzo hukmronligi davri (1469—1506)da saroy kutubxonasida ishlagan. Hirotni 1510-yilda Shoh ismoil Safaviy egallagach, musavvir Seistonga ketib, u yerda mudarrislik maktubi saqlangan (Kalkuttadagi Osiyo jamiyati kutubxonasida, Hin-diston). Q.A.ning "Alisher Navoiy va Sulton Muhammad Mirzo" asari mashhur (Muraqqaʼda, Istanbuldagi Toʻpqopu muzeyida); Navoiyning "Xamsa" (shahzoda Badiuzzamon Mirzo uchun tayyorlangan nusxasi, Oksforddagi Bodli kutubxonasida, Buyuk Bri-taniya), Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" dostonlari (Britaniya muzeyida, London) va boshqa qoʻlyozmalarni nafis moʻʼjaz rasmlar bilan bezagan; rasmlar rangga boyligi, tiniqligi, kishilarning oʻziga xos xususiyatlarini koʻrsa-tishga intilganligi bilan diqqatga sazovor. Ularda "Amali faqir Ali", "Amali Qosim Ali", "Savarruhu qosim Ali" kabi yozuvlar bilan qaysi musavvir ishi ekanligi qayd etilgan. Q.A. haqida tarixchilardan Gʻiyosiddin Xondamir, Mirzo Muhammad Haydar, Qozi Ahmad Qumiy va boshqalarning asarlarida maʼlumotlar bayon etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |