Qosim shoshiy
Qosim shoshiy (toʻliq ismsharifi Abu Ali Hasan al-Qosim ibn Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali al Qaffol ash-Shoshiy) (10-asr) — faqih. Qaffol Shoshiyning oʻgʻli. Q.shahridan Xuroson va Iroq faqihlari taʼlim olishgan. Q.Sh. "at-Taqrib fil-furuʼ" ("Furuʼga yaqinlashish") asari tufayli manbalarda ulugʻ imomlardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Ibn Xallikonning yozishicha, "bu asar shofiʼiy mazhabidagi moʻʼtabar kitoblardan boʻlib, kimning huzurida bu kitob boʻlsa, boshqasining hojati yoʻkdir". Islomshunoslikda Q.shahrining "at-Taqrib" asari turli fiqhiy manbalarni oʻrganish va tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |