Qovoq (oʻsimlik)
Qovoq — qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumiga kiruvchi qishloq ho'jalik ekini. 13 turi maʼlum. Vatani — Shimoliy va Janubiy Amerika. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelingan. Tuproqqalʼa arxeologik qazilmalarida topilgan qovoq qoldiqlari (miloddan avvalgi 7—8-asrlar) buni tasdiqlaydi. Qovoq - qattiq tanaga ega, ichi bo'sh dumaloqsimon hosil qiladi, qadimdan uy ro'zg'or buyumi - turli narsalarni saqlovchi idhish sifatida foydanib kelingan, Qovoqning mevali turi oshqovoq deb ataladi, Oshqovoqning muskatsimon q. va qattiq poʻstli kabi 3 turi koʻp tarqalgan. Ildizi oʻqildiz, uz. 2 m ga boradi. Poyasi yotib, chirmashib oʻsadi. Qovoq esa kupincha uzum kabi ishkom (so'ritok)larda yetishtiriladi.Barglari (turiga qarab) yirik, tukli, barg qoʻltigʻida jingalaklari bor. Guli ikki jinsli, yirik (mayda), sariq, chetdan changlanadi. Mevasi turli shakl va rangda, eti och sariqdan toʻq sariqqacha. Oshqovoq mevasi tarkibida 15—18% quruq modda, 4—11% qand, askorbin kislota, karotin, tiamin, riboflavin, azotli birikmalar, 0,7% biriktiruvchi toʻqima, 0,5% oqsil, 0,2% yogʻ, 0,6% kul moddasi, urugʻida 20—40% yogʻ bor. Q. qaynatib, dimlab, qovurib isteʼmol qilinadi, turli pishiriqlar, somsalar, nonlar, murabbo va sharbat tayyorlanadi. Xashaki oshqovoq mollarga dagʻal ozuqa bilan birga beriladi. 100 kg mevasida 12 ozuqa birligi va 1 kg hazm boʻladigan protein bor. Yuqori haroratga va qurgʻoqchilikka chidami past. Mevasi va urugʻi ateroskleroz, oshqozon-ichak, buyrak, podafa kasalliklarini davolashda, gijjalarni tushiruvchi (urugʻi) vosita sifatida ishlatiladi. Urugʻi aprel oxiri — may boshlarida gektariga 4–6 kg miqdorida ekiladi. 10—15° da unib chiqadi, 20—30° da normal rivojlanadi. Ekish sxemasi 2—2,5* I m. Oʻsuvdavrida palak uchlari chilpiladi, qator oralariga ishlov beriladi, sugʻoriladi. Navlariga qarab 110—140 kunda pishadi. Hosildorligi 200—450 s/ga. Saqlashga va tashishga chidamliligi har xil. 1 t mevasidan 0,8—12 s urugʻ olinadi. Oʻzbekistonda yirik mevali Oshqovoq turining Ispan 73 (kartoshka oshqovoq), muskatsimon oshqovoq. turining Palov kadu 265, Qashqar 1644 (oyimqovoq), Non kadu navlari koʻp ekiladi va barcha viloyatlarda ekish uchun (Nonkadu faqat Samarqand viloyatida) rayonlashtirilgan. Haligacha ayrim hududlarda xonadon xoʻjaliklarida qovoqning suvqovoq, nosqovoq, tomoshaqovoq kabi turlari ham yetishtiriladi.
Kasalliklari: soʻlish, oq palak va boshqa
Zararkunandalari: poliz shirasi, poliz qoʻngʻizi, tunlamlar.
Adabiyot
tahrir- Ashirov I.M., Tikvi Uzbekistana, T., 1979.
Abdulaziz Abbosov.
....
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |