Qozon (tatarcha: Казан, Qazan) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi shahar, Tatariston Respublikasining poytaxti, Volga daryosining soʻl qirgʻogʻidag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo porti. Qozon stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

Qozon

tatarcha: Казан
Shahar, Tataristonning poytaxti
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
55°47′27″N 49°06′52″E / 55.79083°N 49.11444°E / 55.79083; 49.11444
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Tatariston Respublikasi
Shahariy okrug Qozon
Ichki boʻlinishi shaharda 7-ta tuman
Hukumat
 • Hokim Ilsur Raisovich Metshin
Asos solingan 1005
Ilk eslatilishi 1391
Maydon 425.3 km2 (164.2 kv mi)
Markazi balandligi 60 m
Aholisi
 (#Н/Д[2])
  1. Н/Д[1]
Zichligi 1915 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar, pravoslavniylar и др.
Etnoxoronim qozonlik, qozonliklar
Telefon kodi 843
Pochta indeks(lar)i 420xxx
Avtomobil kodi 16, 116, 716
[[]] 92401
Qozon xaritada
Qozon
Qozon
Qozondagi Kremlning koʻrinishi
Bauman koʻchasi
Nurilla masjidi

Qozonga 1-ming yillik oxirida Qozon daryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399-yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Qozon vayron qilindi va 30 — 40 yildan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. XV asrdan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438-yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552-yilda rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708-yil dan Qozon gubernyasi markazi. XIX asrda Qozonda sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804-yilda universitet ochildi. q. 1920—90 yillarda Tatariston ASSR poytaxti.

Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, „Teplokontrol“, vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi („Kazan-orgsintez“, „Tasma“, kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (XVI—XVIII asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (XVII—XVIII asr boshlari), Petropavlovsk sobori (XVIII asr, hozirgi sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (XVIII asr), gubernator saroyi (XIX asr), qozon universiteti majmuasi (XIX asr, klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Qozonda shaharning bunyod etilganiga 1000-yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552-yil Ivan Grozniy Qozonni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.

Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005-yil Qozonning 1000-yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.

Tarixi

tahrir

Volga Bulg'oriyasi chegarasida qal’a sifatida qurilgan. XIIIXIV asrlarda Qozon Oltin Oʻrda tarkibidagi muhim savdo va siyosiy markaz boʻlgan. 1438-yildan boshla Qozon xonligining poytaxtiga aylangan. Shahar nomining maʼnosi kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar bor.



  1. Qozon > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население
  2. Qozon > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население