Qozonliq soyligi
Qozonliq soyligi - Bolgariyadagi tektonik soylik, Stara-Planina va Srednagora togʻ tizmalari oraligʻida. Uzunligi 100 km chamasida, oʻrtacha kengligi 10 km, balandligi 350 m gacha. Maydoni 780 km2. Qozonliq soyligini Tunja daryosi kesib oʻtadi. Relyefi tubida tekis, sharqi sertepa. Iqlimi moʻʼtadil iliq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0° dan —2° gacha, iyulniki 20°, yillik yogʻin 600 mm. Atirgul plantatsiyalari, bogʻlar, tokzorlar bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |