Qozoqcha Vikipediya (qozoqcha: Қазақша Уикипедия) — Vikipediyaning qozoq tilidagi boʻlimi. Qozoqcha Vikipediya 2002-yilning 3-iyunidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Favicon of Wikipedia Qozoqcha Vikipediya
qozoqcha: Қазақша Уикипедия
Vikipediya logosi
Web-manzil kk.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 3-iyun 2002[1]
Maqolalar soni 238 272
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Qozoqcha Vikipediyasining oʻzgachaligi — 3 turli alifbo bilan yoziladi: kirill alifbosi bilan (Qozogʻiston, Rossiya, Moʻgʻuliston)[2], Arab alifbosi bilan (Xitoy, Eron)[2] va lotin alifbosi bilan (Turkiya).[2]

Qozoqcha Vikipediyada hozirgi kunda 15 administrator bor.

Hozirgi ahvoli

tahrir

2024-yil 25-noyabr boʻyicha Qozoqcha Vikipediyada 238 272 maqolalar mavjud. 161 372 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 302 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 15 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 3 401 016. Teranligi (bugun): 15

Qozoqcha Vikipediya maqolalar soni boʻyicha 49-oʻrinda, tahrirlar soni boʻyicha 56-oʻrinni egallab turibdi. (18.05.13)

Tarixi

tahrir
 
Ostonadagi Birinchi Qozoq Wiki konferensiyasi ishtirokchilarining umumiy surati, 2023-yil 2-sentabr

2011-yil 16-iyun kuni Olmaotada WikiBilim jamoat fondining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, unda fond asoschisi Rauan Kenjexanuli „Mamlakatning 20 yilligiga 200 ming maqola“ shiori ostida umummilliy aksiya oʻtkazilishini eʼlon qildi.[3][4]

2011-yil 16-iyun kuni Qozoqcha Vikipediya fondini yaratish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi.[5] „Qozoq ensiklopediyasi“ MChJ Vikipediyada oʻz kitoblaridagi materiallardan foydalanishga ruxsat berdi.[6]

2023-yil 2—3-sentabr kunlari Ostona shahridagi ENUda Birinchi Qozoq Wiki konferensiyasi boʻlib oʻtdi.[7]

Statistik tarixi

tahrir

Logotiplar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir