Qozu-Bagʻlan
qirgʻiz shoiri Qurbanali Sabirov yozgan sheʼriy toʻplam
„Qozu-Bagʻlan“ (qirgʻizcha: Козу-Баглан) — qirgʻiz shoiri Qurbanali Sabirov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1974-yil Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida „Qirgʻizistan“ nashriyotida chop etilgan. Sabirovning bosilib chiqqan ilk sheʼriy toʻplami[1].
Asl nomi | Козу-Баглан |
---|---|
Muallif(lar) | Qurbanali Sabirov |
Til | qirgʻiz |
Janr(lar)i | sheʼrlar |
Nashriyot | „Qirgʻizistan“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1974 |
Sahifalar soni | 44 |
„Qozu-Bagʻlan“ Sabirov tugʻilib-oʻsgan Laylak tumanidagi Xoʻjabaqirgʻon daryosining qirgʻizcha atalishidir. Toʻplamga shoirning ayni nomli sheʼri kiritilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Muratov, Abdikerim „Ырларына өрүктүн шириндигин алган акын Курбаналы Сабыров тууралуу 9 факт“ (qirgʻizcha). Sputnik (17-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.
- ↑ Japarov, Amanbek „Акындык дайрасы Лейлек менен байланышкан“ (qirgʻizcha). Azattyk (12-aprel 2012-yil). Qaraldi: 15-iyul 2023-yil.