Qrim anneksiyasi
Qrim anneksiyasi yoki Qrim (krizisi) boʻhroni — Ukraina va Rossiya oʻrtasida sodir boʻlgan boʻhron. Qrim boʻhroni markazida Qrim yarimoroli turdi. Bu yarimorol 2014-yil fevralgacha Qrim Muxtor Respublikasi sifatida Ukraina tarkibida boʻlgan. Hozirda esa bu hududni Qrim Federal Okrugi sifatida Rossiya boshqaradi.
Qrim boʻhroni Ukraindagi 2013-2014-yilgi siyosiy boʻhron natijasida boshlandi. Qrimda aholining yarmidan koʻpi rus millatiga mansubdir. 2014-yil fevral oyida Ukraindagi Rossiyani qoʻllab-quvvatlovchi hukumat agʻdarildi va uning oʻrniga Yevropa Ittifoqi bilan yaqinroq aloqada boʻlish tarafdorlaridan tuzilgan hukumat oʻrnatildi. Yevropa tarafdorlarining Yevromaydon va Rossiya tarafdorlarining anti-maydon siyosiy harakatlari orasida keskinlik kuchaydi. Bunda Rossiya ommaviy axborot vositalarida yangi Ukraina hukumatini oʻng qanot siyosatchilarni va Svoboda partiyasini nazarda tutib „fashist“ va „aksil-Rossiya“ deb tasvirlanishi rol oʻynadi.[1][2][3][4] Biror mamlakatga tegishliligini koʻrsatuvchi belgilarsiz qoʻshinlar Rossiya spetsnazi qurol-aslahalaridan foydalanib Qrim yarimorolini qoʻlga oldi. Rossiya bu kuchlarni mahalliy oʻz-oʻzini himoya qilish kuchlari deb atadi.[5][6][7][8][9][10] Bundan soʻng koʻp vaqt oʻtmay Rossiya qoʻshinlari Qrimga kiritildi.[11]
Ukraina boshliqlari diplomatik yechim topishga urinishdi. Ular tomonidan koʻrsatilgan harbiy javob mamlakatning armiyasini mobilizatsiya qilish bilangina cheklanib qoldi. Rossiya esa vaziyat yaxshilangunicha qoʻshinlari Qrimda qolishini aytdi.[5] Xalqaro miqyosda AQSH, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Kanada va Yevropa Ittifoqi Rossiyani qoraladi va mamlakatni xalqaro qonunlarni va Ukraina mustaqilligini buzishda aybladi.[12][13][14][15][16][17][18] Rossiya esa Ukrainadagi yangi hukumatni tan olmadi va mamlakat shunchaki Viktor Yanukovich hududda tartib oʻrnatishga chaqirib qilgan iltimosiga javob berganini aytdi. Agar bu iddao chin boʻlsa, Rossiya oʻz harakatlarini Qora Dengizdagi flot statusi haqidagi mavjud kelishuvlarga asoslanib qonuniy deb hisoblashiga olib kelgan boʻlishi mumkin.[19][20]
2014-yil 6-mart kuni Qrim oliy kengashi Rossiyadan birlashish haqida soʻrashga ovoz berdi. Agar Rossiya buni qabul qilsa, 16-mart kuni bu masala Qrim referendumida oʻrtaga tashlanadigan boʻldi. Ukrainadagi yangi hukumat esa bu qadamni qonunga zid deb hisoblaydi.[21] Associated Press kabi baʼzi ommaviy axborot vositalari bu referendumni bir tomonlama mustaqallik eʼlon qilishga qiyoslashdi.[22][23]
16-mart kuni Qrimda Rossiya tarkibiga qoʻshilish haqida referendum boʻlib oʻtdi. Qrim rasmiylari referendumda ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻllagani haqida xabar tarqatishdi.[24] Saylov rasmiylari ovoz berishga kelganlar soni juda yuqori boʻlganini aytishdi.[25] Shunday boʻlsa-da, qrim tatarlar va referendumga qarshilar ovoz berishdan bosh tortishdi.[26] 17-mart kuni Qrim parlamenti rasman mustaqillik eʼlon qildi va Rossiyaga qoʻshilishni soʻrandi.[27]
Ukraina parlamenti referendumni noqonuniy deb hisoblashini aytdi.[28] Rossiya boʻlsa referendumni tan oldi va vaziyat yaxshilangunicha qoʻshinlari hududda qolishini bildirdi.[5] AQSH va Yevropa Ittifoqi referendumni noqonuniy deb hisoblashlarini va Rossiyaga qarshi chora qoʻllashlari mumkinligini aytishdi,[29] Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi sanksiyalar eʼlon qilishdi.
Rossiya hukumati boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq integratsiya qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi. Qrimliklarga Rossiya fuqaroligi berila boshlandi, mamlakat Rossiya vaqtini qabul qildi. Referendumdan soʻng Rossiya hukumati mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga ega Simferopol shahri tuzish haqidagi qarorlarni qabul qildi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Shaun Walker in Sevastopol. „Russian propaganda and Ukrainian rumour fuel anger and hate in Crimea“. The Guardian.
- ↑ Simon Shuster / Simferopol. „Many Ukrainians Want Russia To Invade“. Time (1-mart 2014-yil).
- ↑ Piper, Elizabeth „Russia evokes World War Two in media blitz on Ukraine“ (25-fevral 2014-yil). 2014-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may. (Wayback Machine saytida 2014-03-07 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Russia state media toe Kremlin line on Ukraine“. The Irish Times (7-mart 2014-yil).
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Ukraine crisis: Russia vows troops will stay“. BBC (3-mart 2014-yil). Qaraldi: 3-mart 2014-yil.
- ↑ Jones, Sam „US scorns Russia's version of Crimean intervention“. Financial Times (21-fevral 2014-yil).
- ↑ „Gunmen Seize Government Buildings in Crimea“. The New York Times (27-fevral 2014-yil). Qaraldi: 1-mart 2014-yil. „Masked men with guns seized government buildings in the capital of Ukraine's Crimea region on Thursday, barricading themselves inside and raising the Russian flag after mysterious overnight raids that appeared to be the work of militant Russian nationalists who want this volatile Black Sea region ruled from Moscow.“.
- ↑ „Armed men seize two airports in Ukraine's Crimea, Yanukovich reappears“. Reuters (1-mart 2014-yil). 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ Putin ready to invade Ukraine; Kiev warns of war, Reuters, 1-mart 2014-yil, 2015-09-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-03
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Telecom services sabotaged in Ukraine's Crimea region“. United Press International. Qaraldi: 28-fevral 2014-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2014-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-03
- ↑ Waterfield, Bruno. „Ukraine crisis: EU gives Russia 48-hour deadline to return troops to barracks in Crimea“ (3-mart 2014-yil).
- ↑ „UK and France pull out of G8 preparatory talks over Ukraine crisis“ (2-mart 2014-yil). Qaraldi: 4-mart 2014-yil.
- ↑ Traynor, Ian; Wintour, Patrick.. „Ukraine crisis: Vladimir Putin has lost the plot, says German chancellor“ (3-mart 2014-yil).
- ↑ Jones, Gavin. „Italy appeals to Russia to negotiate, not invade Ukraine“. Reuters (2-mart 2014-yil). 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2014-yil.
- ↑ „Statement by the Prime Minister of Canada on the situation in Ukraine“. Prime Minister of Canada (1-mart 2014-yil). 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may. (Wayback Machine saytida 2014-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Obama: Russia 'On The Wrong Side Of History' On Ukraine“. Huffington Post.
- ↑ „EU leaders to hold summit on Ukraine on Thursday – Yahoo News“. Yahoo! News (20-aprel 2011-yil).
- ↑ „Russia says Yanukovich asked for intervention“. Aljazeera (2014-03-04.11.2024). Qaraldi: 2014-03-07.11.2024.
- ↑ Dilanian, Ken. „CIA reportedly says Russia sees treaty as justifying Ukraine moves“ (3-mart 2014-yil). Qaraldi: 6-mart 2014-yil.
- ↑ Ukraine crisis: Crimea parliament asks to join Russia BBC. Retrieved 6-mart 2014-yil
- ↑ „Crimea To Vote To Split From Ukraine, Join Russia“. Associated Press (2014-03-06.11.2024). 2014-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-may.
- ↑ „Move for referendum on Crimea is denounced“. Associated Press (2014-03-07.11.2024). Qaraldi: 2014-03-07.11.2024.[sayt ishlamaydi]
- ↑ http://www.voanews.com/content/voting-under-way-in-crimea-referendum-to-join-russia/1872380.html
- ↑ Crimea referendum: Voters 'back Russia unionʼ, BBC, 16-mart 2014-yil
- ↑ Crimea election chief reports 95 % vote to secede, half of ballots counted CBC Retrieved on 16-mart 2014-yil
- ↑ Crimean parliament formally applies to join Russia, BBC, 17-mart 2014-yil
- ↑ „Ukraine crisis: Russia isolated in UN Crimea vote“ (15-mart 2014-yil). Qaraldi: 15-mart 2014-yil.
- ↑ Obama: US, EU Prepared to Penalize Russia for Crimea Ballot, VOA, 16-mart 2014-yil
Havolalar
tahrirVikiomborda Qrim boʻhroni haqida turkum mavjud |