Qrimda detatarizatsiya jarayonlari

Qrimdagi detatarizatsiya jarayoni (qrim tatarcha: Qırımnıñ tatarsızlaştırıluvı; ruscha: Детатаризация Крыма ) Sovetlar va Rossiyaning yarim oroldan mahalliy Qrim tatarlarining tarixiy izlarini yo`qotishga qaratilgan sa'y-harakatlarini nazarda tutadi. Detatarizatsiya 1944-yilda Qrim-tatarlarning toʻliq miqyosda deportatsiya qilinishi va surgun qilinishidan tortib, 1920-yillarda nashr etilgan qrim-tatar kitoblarini yoqib yuborish va toponimlar nomini oʻzgartirish kabi boshqa yo`sinlarda davom etdi. [1]

1939-yilda Qrimda tatarlarning yashash holatini aks ettiruvchi xarita
2014-yilda Rossiya tomonidan egallanganidan keyingi Qrimda tatarlar holati

Shakllari

tahrir

Topografik o'zgartirishlar

tahrir

Qrim viloyat qoʻmitasi qaroriga koʻra, Qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan koʻp oʻtmay, Qrimdagi qrim-tatar nomlari bilan atalgan tumanlar, qishloqlar va boshqa geografik obʼyektlarning aksariyatiga slavyancha nomlar berildi. Qrimdagi ko`plab joylar hanuzgacha 1940-yillarda qrim-tatarlarning mavjudligi izlarini yo'q qilish uchun berilgan nomlarga ega. Juda kam sonli aholi punktlari – Boqchasaroy, Jankoyİşün, Alushta, Alupka va Saky nomlarini o'zgarmasdan saqlanmoqda.[2] [3][4]

Propaganda

tahrir

Qrimdagi sovet partiya amaldorlari Qrimning slavyan aholisiga tatarofobiyani singdirishgan. Qrim-tatarlarni “sotqin”, “burjuaziya” yoki “aksil-inqilobchilar” sifatida koʻrsatib, ularni (yunon, italyan, arman ajdodlari borligiga qaramasdan) “moʻgʻullar”, Qrim yarim oroli bilan tarixiy aloqasi yoʻq, deya yolgʻon ma'lumotlar beradilar.[5] 1948-yilda Qrimda boʻlib oʻtgan konferentsiya Qrim-tatarlarga qarshi kayfiyatlarni targʻib qilish va singdirishga bagʻishlangan edi. [1]

Amet-xon aeroporti

tahrir

Ametxon Sultonni asli qrimlik boʻlmagan holda dogʻistonlik qilib koʻrsatishga urinishlari qrim tatarlari jamiyatining noroziligiga sabab bo`ldi. Qrimda qrim tatar oilasida tugʻilgan va oʻzini doim qrim-tatar deb tanishtirganiga qaramay, Rossiya Federatsiyasi Qrimning asosiy aeroportiga Ivan Aivazovskiy nomini berib, Dogʻiston aeroportiga Ametxon Sulton nomini berdi. Qrim tatarlari jamoatchiligining Ametxon aeropoerti uning vatanida bo`lishi kerak mazmunidagi koʻplab murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi. [1] [3][6]

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir