Qubayza ibn Uqba
Qubayza ibn Uqba(arabcha:قبيزة بن عقبة — Qubayza ibn Uqba — Toʻliq ismi:Qubayza ibn Uqba ibn Muhammad (vafoti 215/830-yil)) — muhaddis.
Qubayza ibn Uqba | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Hayoti
tahrirQubayza ibn Uqba mashhur roviylar Iso ibn Tahovoniy, Molik ibn Mugʻavvil, Osim ibn Muhammad, Yunus ibn Abu Isʼhoq, Shuʼbiy, Sufyon Savriy va boshqa koʻplab kishilardan hadis eshitgan. Juda katta ilmiy salohiyatga ega boʻlganligidan „Avʼiyatul ilm“, „ilmning idishi“ deb eʼtirof etilgan.
Shogirdlari
tahrirQubayza ibn Uqbadan Ahmad ibn Hanbal, Imom Buxoriy, Usmon ibn Abu Shayba, Mahmud ibn Gʻaylon, Abu Quddoma Saraxsiy, Muhammad ibn Yahyo Zuhayliy, Abu Zaraʼ Roziy va boshqa koʻplab muhaddislar hadis rivoyat qilishgan. Qubayza ibn Uqbaning eng ulugʻ fazilatlaridan biri islom olamida eng faqih tobeinlardan boʻlgan Sufyon Savriydan hadis va fiqh ilmini oʻrganganligi hisoblangan.[1]
Vafoti
tahrirU 215/830-yilda vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 880.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |