Qubodqalʼa
Qubodqalʼa, Kavatqalʼa - oʻrta asrlarga oid qalʼa xarobasi. Beruniy shahrining shimoli-sharqida joylashgan. Q. toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi yirik, mustahkam 4 ta qoʻrgʻondan iborat. Q. Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Qazishlar natijasida serhasham bezatilgan xonalar ochilgan. Xonalarning hajmi katta boʻlgani uchun ustunlar ishlatilgan, eshiklari oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Q.dan Xorazm madaniyatining yuksak taraqqiyoti haqida guvohlik beruvchi koʻplab arxeologik materiallar (turli rangdagi nafis sirli sopol idishlar, qandilsifat sopol buyumlar, tanga, metall ashyolar va boshqalar) topilgan. Q. moʻgʻullar istilosi natijasida 13-asr boshlarida xarobaga aylangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |