Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev (1999-yil 21-dekabr) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining oltin medal sohibi.

Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev

Qudratillaxon Maʼrufxoʻjayev 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 21-dekabr 1999-yil (1999-12-21) (24 yosh)
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport Paralimpiya yengil atletika
Murabbiy(lar)i Mavlonbek Xaydarov

Hayoti

tahrir

Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev 1999-yil 21-dekabrda tugʻilgan[1].

Faoliyati

tahrir

2018-yildan beri para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. Musobaqalarda F37 klassida qatnashadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin medal hamda 2023-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2023-yili Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yengil atletikaning yadro uloqtirish boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan[1]. Mavlonbek Xaydarov qoʻl ostida mashgʻulot olib boradi[2].

2024-yilgi Parij Paralipiadasida yadro uloqtirish bahsida 16.37 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

Mukofotlari

tahrir

2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].

Manbalar

tahrir