Quest Pistols Show
Quest Pistols Show (2014-yilgacha Quest Pistols) – ukrain musiqa va raqs guruhi, guruh 2007-yilda Inter telekanalining „Shans“ teleloyihasida „Ya ustal“ singli bilan oʻz debyutini qilgan. Guruhning birinchi tarkibi Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy iborat boʻlgan.
QUEST PISTOLS | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Kiyev |
Mamlakat | Ukraina |
Faoliyat yillari | 2007-yildan hozirgacha |
Janr | rok. pop rok, pop, alternativ rok |
Leybl |
Kruzheva Music (2007—2018) Warner Music Group (2018-2022) PAPA Music (2022-yildan) |
Tarkib | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Sobiq aʼzolar | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva |
Vebsayt | questpistols.com |
Guruh uchta studiyaviy albomini „Dlya tebya“ (2007), „Superklass“ (2009), „Lyubimka“ (2016), shuningdek, oʻn sakkizta radiosingllarini chiqargan. Guruh MTV Europe Music Awards va Oltin Gramafon sovrindori. Guruhning barcha aʼzolari, ham sobiq, ham hozirgilari tatuirovka muxlislaridir[1][2].
Guruh tarkibi
tahrirGuruh tarixi
tahrir2007—2011
tahrirGuruh dastlab „Quest“ raqs baletidan kelib chiqqan boʻlib, ularning uchta aʼzosi Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy „Shans“ musiqiy realiti-shousida pop yulduzlar sifatida chiqish qilishga qaror qilishadi va „Shocking Blue“ guruhining „Long and Lonesome Road“ qoʻshigʻiga „Ya ustal“ nomi bilan kaver qoʻshiq yozishgan[3]. Guruhning 2007-yil 1-aprelda boʻlib oʻtgan birinchi chiqishlari jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olinadi, teletomoshabinlar qoʻshiq uchun 60 000 ovoz berib, Quest Pistolsni mashhur qilishgan. Qoʻshiqning klipi 2007-yil may oyida chiqqan va darhol musiqiy telekanallarda namoyish etilgan.
Quest Pistols oʻzining „Dlya tebya“ debyut albomini 2007-yil 29-noyabrda taqdim etdi. Disk platina sertifikatiga ega boʻldi va ijobiy sharhlarni oladi. Keyinchalik guruh Nikolay Voronovning „Belaya strekoza lyubvi“ qoʻshigʻiga kaver yozishadi, uning klipi 2009-yil 8-martda chiqib, YouTubeda xitga aylangan[4]. 2009-yil 26-noyabrda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi „Superklass“ chiqadi, u 10 ta trekni oʻz ichiga olgan, ulardan 2 tasiga klipsuratga olingan.
2011—2013
tahrir2011-yilda Konstantin Borovskiy guruhni tark etdi va uning oʻrnini Daniil Matseychuk egallaydi. Yangi tarkib „Ti poxudela“ (feat. Lolita), „Razniye“, „Zabudem vsyo“ va „Romeo“ kabi videokliplarni chiqaradi. 2013-yilda Daniil Matseychuk guruhni tark etdi. Keyinchalik u guruhning sobiq solisti Konstantin Borovskiy bilan birgalikda „KBDM“ musiqiy guruhi va xuddi shu nomdagi kiyim brendia asos solishadi[5].
2014—2015
tahrir2013-yil iyunidan 2014-yil apreligacha guruh ikki solist Anton Savlepov va Nikita Goryuk, shuningdek, niqobli ishtirokchi bilan gastrol safarida boʻlishadi. Aprel oyida guruhga Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles va Mariam Turkmenbayeva qoʻshiladi[6]. 7-oktyabr kuni „Santa Lyuchiya“ qoʻshigʻining (Igor Siliverstovning 1991-yildagi qoʻshigʻining kaveri) klipi premyerasi boʻlib oʻtadi.
2014-yil 15-noyabrda Quest Pistols Show raqs shousining premyerasi boʻlib oʻtdi, 2015-yil yanvar oyida guruh xalqaro gastrollarga chiqishadi. Ushbu shou konseptsiyasi guruh raqs falsafasining asosi boʻlgan, bu wsa keyinchalik guruhni shou loyihasi formatiga olib keladi va guruh nomini „Quest Pistols Show“ ga oʻzgartiradi[6]. 2015-yil 8-martda „Soundtrack“ nomli minialbom chiqadi. Albomda guruhning yangi qoʻshiqlari kiritiladi[7]. 2015-yil sentyabr oyining boshida Daniil Matseychuk guruhga qaytadi[8]. 13-noyabr kuni „Prisheles“ qoʻshigʻining videoklipi premyerasi boʻlib oʻtadi, unda vokal qismini Mariam Turkmanbayeva ijro etgan.
2015-yildan beri
tahrir2015-yil 30-sentyabrda Nikita Goryuk, uning ortidan 2016 yil 3-yanvarda guruhning soʻnggi frontmeni Anton Savlepov guruhni tark etishadi[9]. Taxminan shu yili bir vaqtning oʻzida Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy „Agon“ guruhini tashkil etishadi[10].
15-aprel kuni „Nepoxojiye“ qoʻshigʻining videoklipi premyerasi boʻlib oʻtdi. Ushbu klip guruhning yangilangan tarkibini Daniil Matseychuk, Mariam Turkmenbayeva, Ivan Krishtoforenko va Vashington Sallesni taqdim qiladi.
1-sentyabr kuni guruh Open Kids[11] oʻsmirlar pop guruhi bilan birgalikda „Kruche vsex“ qoʻshigʻi uchun olinga klipni taqdim etadilar. 4-noyabr kuni guruhning katta konserti boʻlib oʻtdi, unda guruhning yangilangan tarkibi „Lyubimka“ nomli[12] birinchi albomini taqdim etishadi va oʻsha kuni alboming iTunesda[13] premyerasi boʻlib oʻtadi. Keyinchalik shu nomdagi yangi singl taqdim etiladi[14]. 27-sentyabr kuni guruh „Ux ti kakoy!“ yangi qoʻshigʻi va klipini taqdim etadi[15].
2019-yil aprel oyida Mariam Turkmanbayeva guruhni tark etadi. Buning sababi yakkaxon karyera bilan shugʻullanish istagi boʻlgan. Turkmanbayeva ketganidan soʻng, guruh „Olovni yoqish“, „Zajigaem ogon“, „Bosonogiy malchik“, „Na bayke“ i „Sladkoeshka“ singllarini yozadi.
Guruh Eurovisonda qatnashish uchun bir marta Rossiyadan va ikki marta Ukrainadan ariza topshirgan. Dastlab, guruh Moskvada boʻlib oʻtgan Eurovison 2009da Ukrainani vakili sifatida qatnashishni xohlashgan[16], lekin guruh Ukrainadagi saralash bosqichida ishtirokchilar orasida boʻlmagan. Shuningdek, „Belaya strekoza lyubvi“ qoʻshigʻi bilan Rossiyadagi saralash bosqichidan oʻtishga harakat qiladi, ammo qoidalar sababli (qoʻshiq 2008-yil oktyabrgacha ijro etilishi mumkin emas edi) Quest Pistols saralash bosqichia ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi[17]. 2010-yilda guruh ikkinchi marta „Ya tvoy narkotik“[18] qoʻshigʻi bilan Oslodagi Eurovisonga borishga harakat qiladi, ammo ular yana salalashdan oʻta olishmaydi. 2011-yilda Quest Pistols Bokudagi Euroison tanlovida ishtirok etish uchun uchinchi marta Ukrainadan[19] ariza berishadi, ammo bu yana muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.
Videokliplari
tahrirYil | Videoklip nomi | Guruh tarkibi |
---|---|---|
2007 | Ya ustal | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Dni glamura | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy | |
2008 | Dlya tebya | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Kletka | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy | |
2009 | Belaya strekoza lyubvi | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
On ryadom | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy | |
2010 | Ya tvoy narkotik | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Revolyutsiya (feat. Artur Pirojkov) | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy | |
2011 | Ti tak krasiva | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Ti poxudela (feat. Lolita Milyavskaya) | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk | |
2012 | Razniye | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk |
2013 | Zabudem vse | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk |
Jara | Anton Savlepov, Nikita Goryuk | |
2014 | Baby Boy | Anton Savlepov, Nikita Goryuk |
Bit (feat. Secret Q) | Anton Savlepov, Nikita Goryuk | |
Santa Lyuchiya | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Mariam Turkmenbayeva, Vashington Salles, Ivan Krishtoforenko | |
2015 | Mokraya (feat. MONATIK) | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Mariam Turkmenbayeva, Vashington Salles, Ivan Krishtoforenko |
Prisheles | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva | |
2016 | Nepoxojiye | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva |
Kruche Vsex (feat. Open Kids) | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva | |
2017 | Lyubimka | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva |
Ux ti kakoy! (feat. Magicool) | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva | |
2018 | Ubyu (feat. Constantine) | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva |
Pey voda | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva | |
2019 | Bosonogiy malchik | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles |
Na Bayke | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles | |
Sladkoejka (feat. VANO) | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles | |
2020 | Tesno | Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva, Nikita Goryuk, Anton Savlepov |
2022 | Ti neymovіrna | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
2023 | Ya Tvoy Narkotik | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Ochi (feat. Artem Pivovarov) | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy | |
Xto Mi Є | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy | |
2024 | Bojevilna | Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy |
Diskografiyasi
tahrirStudiyaviy albomlari
tahrirNomi | Maʼlumot |
Dlya tebya |
|
Superklass |
|
Lyubimka |
|
Nomi | Maʼlumot |
Soundtrack |
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Quest Pistols: «Вегетарианство — больше, чем просто диета»“ (en). vegjournal.ru. 2017-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
- ↑ МУЗ-ТВ. „Очень караочен. Quest Pistols Show“ (2017-yil 4-aprel). 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
- ↑ QUEST PISTOLS - Я устал YouTubeda
- ↑ QUEST PISTOLS - Белая стрекоза любви (видеоклип) YouTubeda
- ↑ „Константин Боровский: «Чтобы изменить мир, нужно начать с себя»“ (ru). VEGAFOOD — Первое Сообщество Вегетарианцев! (2015-yil 13-fevral). 2017-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ 6,0 6,1 „Quest Pistols Show: мы добавили в шоу кучу танцев и бабла“ (ru). PITER TV. 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Quest Pistols Show выпустит мини-альбом «Soundtrack» 8 марта | BelRadio“ (ru). belradio.net. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „На прошлой неделе стало известно, что Даниил Мацейчук вернулся в состав Quest...“ (ru). Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Quest Pistols Show потеряли своего солиста: Антон уходит из группы“. www.europaplustv.com. 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Группа «Агонь»: «Мы не выставляем напоказ свою личную жизнь» | StarHit.ru“ (ru). 2017-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „«Круче всех!»: коллектив Quest Pistols Show представил новый клип“ (ru). 2016-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Quest Pistols Show представят большой «НЕПОХОЖИЙ» концерт“. muz-tv.ru. 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Quest Pistols Show объявили дату выхода альбома «Любимка»“ (ru). 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Премьера песни! Quest Pistols Show — Любимка | Slushat muziku onlayn“ (ru). radiola.audio. Qaraldi: 2017-yil 8-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ KRUZHEVA MUSIC. „Quest Pistols Show ft. Меджикул - Ух ты какой!“ (2017-yil 26-sentyabr). 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Quest Pistols поедут на Евровидение от Украины!“. Шоу. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Информ бюро | Russkoe Radio onlayn“. rusradio.ru. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Группа Quest Pistols накормит "Евровидение" наркотиками!“ (ru). Tochka.net. 2016-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „На "Евровидение-2012" хотят Quest Pistols и "фабриканты"“ (ru). www.segodnya.ua. 2017-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.