Kurka, qulqul – tovuqsimonlar turkumining kurkasimonlar oilasiga mansub parranda. Markaziy Amerikada tarqalgan oddiy yovvoyi Kurka (Meleagris gollopavo) dan kelib chiqqan. Kurka Yevropaga, dastlab, 16-asr boshlarida keltirilgan; eng yirik xonaki parranda, oyoqlari, nisbatan uzun, baquvvat, dumi keng, qanotlari qisqa, doʻppayib chiqqan. Boshi va boʻynida „toj“lari bor, pati qalin. Tumshugʻining yuqori qismidan teri oʻsimta osilib turadi. Jinsiy qoʻzgʻalish davrida oʻsimtaning oʻz. 12—15 sm ga yetadi. Patlari oq, jez-rang, qora, ola, sanoat kurkachiligida yaxshi tovar goʻsht olish uchun oq patli Kurkalar boqiladi. Goʻshti mazali parhez mahsuloti. Kurka, asosan, goʻsht olish uchun yetishtiriladi. Shimoliy Amerikaning oʻrta va jan. mintaqalarida yovvoyi Kurkalar tarqalgan. Makiyonlari yerga oddiygina in qurib, 10—15 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan bolalari ovasi bilan, xoʻrozlari esa alohida gala boʻlib yuradi. Kurka oʻsimlik va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yovvoyi Kurka ovlanadi: xonaki Kurka bilan juftlashib, nasl beradi. Xonaki Kurka xoʻrozlarining tirik vazni 9–35 kg, makiyonlariniki 4,5– 11 kg ga boradi, 8—9 oyligida, asosan, fev,—martda tuxum qila boshlaydi. Bitta Kurka bir yilda 70—90 ta tuxum qiladi. Tuxumining ogʻirligi 80—88 g, tuxumining inkubatsiya davri 28 sutka. Har bir Kurka tuxumidan 40—60 bosh yosh kurka olish mumkin, 4—5 oy boqib semirtirilsa 160–200 kg goʻsht yetishtiriladi. Nasldor Kurkalardan 3 yoshigacha foydalaniladi. Yirik kurkachilik xoʻjaliklarida butun yil mobaynida Kurka joʻjalari ochirilib, goʻsht yetishtiriladi. Kurka deyarli barcha mamlakatlarda urchitiladi. AQSH, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlarda yetishtiriladigan parranda goʻshtining 16—25% (jahon boʻyicha 10—12%) Kurka goʻshtiga toʻgʻri keladi (AQShda yillik parranda goʻshti yetishtirish hajmi 16 mln. t dan ortiq, 1999). Kurka goʻshti yetishtiriladigan yirik parrandachilik fabrikalari barpo etilgan. Kurkalar toʻla qimmatli quruq aralash ozuqalar bilan boqiladi. Kurkaning jezrang, Shimoliy Kavkaz, Moskva, Isroil oq Kurkalari va boshqa zotlari koʻp Tap-kalgan. Oʻzbekistonda Andijon, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida 6 ta ixti-soslashtirilgan parrandachilik fabrikalarida Isroildan keltirilgan oq patli, keng koʻkraqli tez yetiladigan Kurkalar yetishtiriladi.

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Smetnev SI., Ptitsevodstvo, 6 izd. M., 1978; Promishlennoye ptitsevodstvo, M., 1985.

Sayfiddin Azimov[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil