Qumbul
Qumbul, qunbul, qanbul (moʻgʻulcha — "markazni qurshamoq", "qanot muhofazachisi") — qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism. Maʼlumki, Amir Temur jahon harbiy sanʼati tarixida 1-boʻlib armiyani jang maydonida 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. sohibqironning harbiy ish rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri lashkar qanotlarini jang paytida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha gʻanim kuchlarini 2 yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan kuchli zarba berish maqsadida Q. tuzilgan. 5 qismdan iborat jangovar tartibning oʻng va soʻl qanotlari uchiga Q. joylashtirilgan. Bunday yangi harbiy qism tarixning guvohlik berishicha, oʻtmishdagi atokli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |