Qumlarni mustahkamlash - qum koʻchishini bartaraf etish va yerlarni oʻzlashtirish, unumdorligini oshirish maqsadlarida qumlikning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini oʻzgartirishga qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, muhandislik, oʻrmonmeliorativ, agrotexnik va boshqa tadbirlar majmui. Koʻchma qumlar qishloq xoʻjaligi ga katta zarar yetkazadi, sugʻoriladigan ekinzorlar, bogʻlar, kanallar, yoʻllarni bosadi, yaylovlar unumdorligini pasay-tiradi. Koʻchma qumlarni mustahkamlash uchun mexanik, kimyoviy va fitome-liorativ usullar qoʻllanadi. M ye x a nik vakimyoviy usullar qumlar qoʻchishini toʻxtatishda, fitome-liorativ usul esa ularni butunlay mustahkamlashda qoʻllanadi. Mexanik usul barxanlarda qamish, yantoq, lux (qoʻgʻa) va boshqa oʻsimliklardan gʻov (shox devor) — mexanik himoya vositalari — toʻsiqlar oʻrnatishdan iborat. Konstruktiv xususiyatlari boʻyicha mexanik toʻsiklar tik oʻrnatiladigan yoki toʻshaladigan turlarga boʻlinadi va ular asosiy shamol yoʻnalishiga koʻndalang qilib 2x2 yoki 3x3 m oʻlchamda barxanlarning qiya yonbagʻirlariga oʻrnatiladi. Eng xavfli joylarda balandligi 60 sm li katak toʻsiklar qoʻllanadi. Katak toʻsiqlar ichiga oʻt yoki buta urugʻlari yoppasiga, katak devordan 0,5—0,7 sm masofada buta qalamchasi yoki koʻchatlari ekiladi. Shamol kuchsiz kuzatiladigan rayonlarda oʻt bordonlaridan foydalaniladi. Bordon shamol yoʻnalishiga koʻndalang holda eni 25—30 sm va 5 sm qalinlikdagi qum ustiga toʻshaladi. Buta qalamchalari yoki koʻchatlari toʻshama qatorining shamol esayotgan tarafiga oʻtqaziladi. Qumlarni mustahkamlash uchun ekiladigan oʻt, oʻsimliklar urugʻi aralashmasi maxsus traktorlarga oʻrnatilgan seyalkalar yordamida ekiladi. Mexanik toʻsiqlar 2, baʼzan 3 yil xizmat qiladi. Toʻsiq-gʻovlar oʻt va buta urugʻlarini tutib qoladi, urugʻlar unib, qumlarni mus-tahkamlaydi, shuningdek, gʻovlar qan-dim, cherkez, juzgʻun, saksovul, qoraterak, quyonsuyak va boshqalarning yaxshi oʻsi-shiga sharoit yaratadi. Qumlarni mustahkamlash uchun shoʻrlangan qumliklarda, shuningdek, greyder yordamida 10–15 m ora-latib chuqur egatmarzalar olinadi, ularda koʻchma qumlar tutib qolinadi, bu bilan tuzga chidamli buta (jiyda va boshqalar) qalamchalarining tutib ketishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan qumliklarda turangʻil, mayda mevali jiyda, qora va oq terak, oq aksiya yaxshi oʻsadi. Qumlarni mustahkamlashning kimyoviy usullari ham tobora keng qoʻllanmoqda; bunda qum yuzasiga nerozin, bitum emulsiyasi, poliakrilamid, la-teks, kurosol va shunga oʻxshash moddalar sepiladi.

Koʻchma qumlarni mustahkamlashning eng ishonchli va uzoq vaqt xizmat qiladigan vositasi daraxt ekishdir. Qumli choʻllarda oʻsishga moslashgan qandim, cherkez, oq va qora saksovul va shahrik. daraxt va buta turlaridan massivlar, koʻp qatorli yoki tor qatorli oʻrmon minta-qalari, ihota daraxtzorlari va boshqa barpo qilinadi. Buning uchun mexanik toʻsiqlar va kimyoviy vositalar bilan mustahkamlangan qumlarga urugʻlar sepiladi, qalamcha va koʻchatlar ekiladi.

Oʻrta Osiyoda bundan 120 yil oldin Zakaspiy temir yoʻlini qum bosishdan himoya qilish munosabati bilan Qumlarni mustahkamlash boʻyicha dastlabki ishlar boshlandi. Oʻsha davrda V.A. Paletskiy rahbarligida qandim, cherkez va saksovul ekilgan edi. 1940-yillarda Buxoro viloyatidagi sugʻoriladigan dalalarni koʻchma qumlardan himoya qiluvchi "Buxoro toʻsigʻi" deb ataluvchi 120 km uzunlikdagi oʻrmon mintaqasi; 50—80-yillarda Markaziy Fargʻonaning koʻchma qumlarida, Amu-Buxoro kanali, Qora-qum kanali zonasida va boshqa joylarda ming-lab ga maydonlarda ihota oʻrmon daraxtzorlari barpo qilingan (qarang Lgrooʻrmon melioratsiyasi). Oʻrta Osiyoda qumlar va qumli yerlar 37 mln. ga ni, jumladan qoʻchma qumliklar qariyb 3 mln.ga ni egallaydi. 1960-yillardan boshlab 1 mln.ga dan qoʻproq qumli yerlar sugʻorma dehqonchilik uchun oʻzlashtirildi (Buxoro viloyati, Markaziy Fargʻona, Qoraqum kanali zonasi va boshqalar). Hozirgi davrda Oʻzbekiston hududida Qumlarni mustahkamlash ishlari rejali ravishda katta maydonlarda, ayniqsa, vodiylarga tutashgan choʻllarda, magistral kanal trassalari, avtomobil va t. ylari boʻylab, Orol boʻyi mintaqasida amalga oshirilmoqda. Qizil-qumda chorvachilik va choʻponlar ehtiyojlari uchun (artezian suvlar bilan sugʻorilib) yem-xashak va poliz ekinlari, mevali daraxtlar ekilmoqda.

Adabiyot

tahrir
  • Leontyev A.A., Novne priyomi zakrepleniya i obleseniye peskov v Sredney Azii, T., 1959;Danilin A.L., Effektivniy sposob obleseniya i zakrepleniya peskov, T., 1979.

Abdushukur Xonazarov.