Qumri
Qumri — kaptarsimonlar turkumi, kaptarlar oilasiga mansub qush. Afrika, Osiyo (jumladan, Oʻrta Osiyo)da, Yevropada Bol-qon yarim orolidan Boltiq boʻyi mamla-katlarigacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Kagtaligi musichadek. Usti qoʻngʻir-qulrang. Tomogʻida yarim oysimon qora yoʻli bor. Boʻyni va koʻkragi kulrangpushti, bosh va qorni koʻkish-kulrang. Dum patlarining uchi oq. Qanotlari kaltaroq. Aholi punktlarida, shaharlarda yashaydi. Oʻtroq hayot kechiradi. Uyasini daraxt, binolarga yasab, 1— 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbatlashib 15—16 kun bosadi. Joʻjasi 15— 17 kunda uchirma don, urugʻ, baʼzan hasharotlar bilan oziqlanadi. Keyingi yillarda soni koʻpayib bormoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |