Qumtariq
Qumtariq - roʻyandoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Yevrosiyoda yovvoyi holda oʻsadigan 60 ga yaqin turi maʼlum. Janubiy va Jan.-Sharqiy Kavkazda, Sibir, Oʻrta Osiyo va Uzoq Sharqda 37 turi tarqalgan. Past boʻyli, barglari uzun, gullari mayda, koʻrimsiz. Qumli yerlarda, daryo boʻylarida oʻsadi. Baʼzi turlari tuya, qoʻy va echkilar uchun yaxshi ozuqa.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |