Qumtuproq
Qumtuproq, kremniy dioksid, SiO2 — kremniyning kislorod bilan hosil qilgan eng barqaror birikmasi. Tabiatda kristall va amorf holida uchraydi. Kristall qumtuproq, asosan, kvars minerali (kvars qumi) tariqasida boʻladi. U nihoyatda qattiq modda boʻlib, suvda erimaydi; qaldiroq gaz alangasida yoki elektr pechida yuqori temperatura (1723°)da rangsiz suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik tez sovitilsa, shishasimon tiniq massa — amorf qumtuproq hosil boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |