Qurum (mahsulot)
Qurum — asosan, ugleroddan (90% dan ortiq) tashkil topgan uglevodo-rodlar (benzol, kerosin, naftalin, skipidar va baʼzi tabiiy gazlar)ning chala yonishi yoki termik parchalanishi natijasida hosil boʻladigan qora rangli qattiq oʻta dispers mahsulot. Zichligi 1800–1900 kg/m3, zarrachalarining diametri 10—350 nm. Q. — rezinayapng eng muhim faol toʻldiruvchisi. Q., shuningdek, qora boʻyoq (tush, bosmaxona boʻyogʻi va boshqalar) ishlab chiqarish da pigment sifatida, elektrodlar tayyorlashda va boshqa holatlarda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |