Quruq sonlar
Quruq sonlar — yogʻingarchilik vaqtidagina suv oqadigan soy, soylik va vodiylar. Choʻl zonasida uchraydi. Qish va bahorgi yogʻingarchilikda Quruq sonlar oqmas, quruq havzalarga quyiladi. Uzunligi ham turlicha, baʼzan 100 km ga yetadi. Quruq sonlar Shimoliy Afrika, Jan.-Gʻarbiy Osiyoda vodiylar, Avstraliyada kriklar, Oʻrta Osiyoda oʻzboʻy, quruq oʻzan deb ham ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |