Qushning erkalashi (fransuz. La Caresse d’un oiseau) — bu Joan Mironing tomonidan 1967-yilda Palma-de-Malyorkadagi ustaxonasida yasagan haykal. Hozirda u Joan Miro fondi  kolleksiyasining ajoyib durdonalaridan biri hisoblanadi[1].

Tarixi

tahrir

Ushbu haykalning birinchi versiyasi rassomning Mont Roig del Kampda improvizatsiya qilingan materiallardan yasagan dastlabki ob’ekt haykallariga tegishli. 1960-yillarning oʻrtalarida asl haykalning koʻrinishi yomonlashayotgani va Parijda bronzadan qayta tiklanganligi maʼlum boʻldi. Miro shaxsan oʻzi bronzaning teksturasini va undagi patinani tekshirib koʻrdi, chunki  bu haykalning uzoq muddat saqlanib turishida  juda muhim deb hisoblanadi[2].

Tavsifi

tahrir

Ushbu kulgili haykalda asos boʻlib xizmat qilgan narsalarni osongina aniqlash mumkin[3]. „Qushning erkalashi“ haykalining  balandligi 3 metrdan oshadi, kengligi bir metrdan oshadi, ammo chuqurligi atigi 38 santimetrni tashkil qiladi.Haykal bronzadan yasalgan boʻlib, yorqin ranglar bilan qoplangan[4]. Hozirda bronzadan yasalgan haykalning hojatxona oʻrindigʻi va dazmol taxtasi, tanasi va oyoqlari asosi sifatida, ayolning dumbasini tasvirlash uchun ishlatiladigan bir juft miniatyura futbol toʻplari, ayol jinsiy aʼzolarini ifodalovchi toshbaqa qobigʻi va bosh sifatida eshakning somon shlyapasi kabi qismlari saqlanib qolgan[5]. Sanʼatshunoslar haykalni „Ayol jinsiy hayoti totemi“ ham deb taʼriflaganlar[6].

Manbalar

tahrir
  1. „The caress of a bird“. Fundació Joan Miró, Barcelona. Qaraldi: 8-oktabr 2011-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. „Miró sculpteur (in French)“. www.artmuseum.gov.mo. 2012-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2011-yil.
  3. Erben 2004: p. 181
  4. „The caress of a bird, 1967“. Works by Joan Miró. Sculptures and ceramics. Fundació Joan Miró. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2011-yil.
  5. „Joan Miró“. Nasher Sculpture Centre. 2012-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2011-yil.
  6. „Joan Miró“. Nasher Sculpture Centre. 2012-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2011-yil.

Adabiyotlar

tahrir