Qutbiddin Muhiddinov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muhitdinov Qutbiddin (1906.19.11 — Samarqand viloyati Urgut tumani — 1983.17.12) — matnshunos, manbashunos, lugʻatshunos olim. Filologiya fanlari nomzodi (4972). 1956 — 1961-yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, 1961 — 1982-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot hamda Sharqshunoslik institutlarida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Qutbiddin Muhitdinov S. Saroyi, Xoʻjandiy asarlarining zamonaviy imloda nashr etilishiga, Alisher Navoiy asarlari tilining izoxli lugʻatini tuzish, izoxlash va undagi arabcha,forscha soʻzlarni, murakkab baytlarni sharxlashga katta hissa qoʻshgan. Mahdiyxonniit turkiycha-forscha "Sangloh" lugʻati ustida ish olib borgan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |