Quvayt iqtisodiyoti
Quvayt iqtisodiyoti neftga asoslangan boy iqtisodiyotdir[16]. Quvayt dunyodagi eng boy davlatlardan biridir[17][18][19]. Quvayt dinori dunyodagi eng qimmat valyuta birliklaridan biridir. Jahon bankiga koʻra, Quvayt jon boshiga yalpi milliy daromad boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda turadi[20].
Quvayt shahri | |
Valyutasi | Quvayt dinori (KWD) |
---|---|
1 Aprel – 31 Mart | |
Savdo tashkilotlari |
WTO, OPEC and GCC |
Mamlakat guruhi |
|
Statistikalar | |
Aholi | 4,446,195(2023)[3] |
YaIM | |
YaIM oʻsishi |
|
Jon boshiga YaIM |
|
Tarmoqlar boʻyicha YaIM |
agriculture (0.4%), industry (58.7%), services (40.9%) (2017 est.)[6] |
0.579% (2018)[4] | |
Ishsizlik | 2.1% (2017 est.)[6] |
Asosiy ishlab chiqarish |
petroleum, petrochemicals, steelmaking, cement, shipbuilding and repair, desalination, food processing, construction materials |
83rd (easy, 2020)[7] | |
Eksport | $40.16 billion (2020 est.)[8] |
Eksport tovarlari |
oil and refined products, acyclic alcohols, motor cars and other motor vehicles, lightvessels, floating cranes, floating docks, dredgers[9] |
Asosiy eksport hamkorlari |
India(+) 1.6% |
Import | $28.34 billion (2020 est.)[8] |
Import tovarlari |
food, construction materials, vehicles and parts, clothing |
Asosiy import hamkorlari |
China(-) 16.7% United States(+) 8.7% UAE(+) 8.6% Japan(+) 5.9% (2020 est.)[9] |
Yalpi tashqi qarz |
▲$48.91 billion (31 December 2017 est.)[6] |
Davlat moliyasi | |
▲13.74 (2021 est.)[13] | |
Daromadlar | $24.97 billion (2020 est.)[6] |
Asosiy maʼlumotlar manbasi: Markaziy razvedka boshqarmasi Jahon faktlar kitobi Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan. |
Energiya
tahrirNeft va tabiiy gaz
tahrir1934-yilda Quvayt amiri Anglo-Persian Oil Company (keyinchalik British Petroleum Company) va Gulf Oil Corporation kompaniyalari birgalikda egalik qiladigan Kuwait Oil Co. (KOC) kompaniyasiga neft konsessiyasini bergan. 1976-yilda Quvayt hukumati KOCni milliylashtirdi.
Kuwait Petroleum Corporation (KPC), xalqaro integratsiyalashgan neft kompaniyasi, hukumatning neft sohasidagi operatsiyalariga mas’ul boʻlgan bosh kompaniya hisoblanadi va Kuwait Oil Company, neft va gaz ishlab chiqarish; Quvayt Milliy Neft Kompaniyasi, qayta ishlash va ichki savdo; Petrochemical Industries Co., ammiak va karbamid ishlab chiqarish; Kuwait Foreign Petroleum Exploration Co., rivojlanayotgan davlatlardagi bir qancha konsessiyalarga ega; Quvayt Neft Tanker Kompaniyasi; va Santa Fe International Corp. ni oʻz ichiga oladi. 1982-yilda toʻliq sotib olingan Santa Fe KPCga global neft sanoatida ishtirokni taʼminlaydi.
KPC, shuningdek, Gulf Oil Co.dan Benelux mamlakatlari va Skandinaviya mintaqasida neftni qayta ishlash zavodlari va xizmat koʻrsatish stantsiyalarini, shuningdek Italiyadagi omborxonalar va xizmat koʻrsatish stansiyalari tarmogʻini sotib oldi. 1987-yilda KPC British Petroleumning 19% ulushini sotib oldi, keyinchalik bu ulush 10% ga tushirildi. KPC Yevropada oʻz mahsulotlarini Q8 brendi ostida sotadi va AQSh va Yaponiya bozorlariga qiziqish bildiradi.
Quvaytda taxminan 94 milliard barrel (14.9 km³) neft zaxirasi mavjud. Urushdan avvalgi kunlik quvvat taxminan 2.4 million barrel (380×103 m³/kuni) edi. Iroq bosqini paytida Quvaytning neft ishlab chiqarish quvvati deyarli nolga tushdi. Ammo, bu holatdan keyin katta tiklanish va yaxshilanishlar amalga oshirildi. 1992-yil oxirida neft ishlab chiqarish kuniga 1.5 million barrel (240×103 m³/kuni) edi va urushdan oldingi quvvat 1993-yilga kelib qayta tiklandi. Quvaytning ishlab chiqarish quvvati kuniga taxminan 2.5 million barrel (400×103 m³/kuni) deb aytiladi. Quvayt oʻz quvvatini 2005-yilga kelib kuniga 3.5 million barrel (560×103 m³/kuni) ga oshirishni rejalashtirmoqda.
Kuwait Vision 2035 doirasida Quvayt oʻzini global neft-kimyo sanoati markaziga aylantirishn maqsad qilgan[21][22]. Al Zour neftni qayta ishlash zavodi Yaqin Sharqdagi eng katta neft zavodi hisoblanadi[23][24][25][26][21]. Al Zour neftni qayta ishlash zavodi Quvayt-Xitoy hamkorligidagi loyiha boʻlib, Bir kamar – Bir yoʻl tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda[27].
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
tahrirKuwait Vision 2035 doirasida Quvayt oʻzining eng katta energiya parki Shagaya Renewable Energy Parkni ishga tushirdi, bu parkda konsentrlangan quyosh energiyasi, quyosh fotoelektrik va shamol elektr stansiyalari mavjud[28][29][30][31] . Park toʻrt bosqichdan iborat boʻlib, uning quvvati 4,000 MVt ni tashkil etishi moʻljallangan. Bu park dunyodagi eng katta qayta tiklanuvchi energiya parklaridan biri boʻladi[32][29][33].
Poʻlat ishlab chiqarish
tahrirPoʻlat ishlab chiqarish Quvaytning ikkinchi yirik sanoati hisoblanadi[34]. United Steel Industrial Company (KWT Steel) Quvaytning asosiy poʻlat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlib, u Quvaytning barcha ichki bozor talablarini qondiradi (ayniqsa qurilish sohasida)[35][36][37][38]. Quvayt poʻlat mustaqilligiga erishgan davlatdir[35][36][37][38].
Qishloq xoʻjaligi
tahrir2016-yilda Quvayt sabzavotlar bilan oʻzini-oʻzi taʼminlash darajasi 49.5%, goʻsht bilan 38.7%, sut bilan 12.4%, mevalar bilan 24.9%, va donlar bilan 0.4% ni tashkil etgan[39]. Quvayt umumiy hududining 8.5% qishloq xoʻjaligi yerlaridan iborat boʻlib, sugʻoriladigan yerlar umumiy hududning 0.6% ni tashkil etadi[40][41]. Tarixan, Jahra qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan hudud boʻlgan. Hozirgi kunda Jahra hududida turli fermer xoʻjaliklari mavjud[42].
2017-yilda qishloq xoʻjaligi (shu jumladan baliqchilik) yalpi ichki mahsulotning qariyb 0.4 foizini tashkil etdi[6]. Iqtisodiy faol aholining taxminan 4 foizi qishloq xoʻjaligida ishlaydi, ularning deyarli barchasi chet elliklar[43]. Fermer xoʻjaliklarining koʻpchiligi investorlar tomonidan boshqariladi[44]. 2014-yilda jami qishloq xoʻjaligi yer maydoni 1,521 kvadrat kilometrni tashkil etdi[44].
Cheklangan suv va sugʻoriladigan yerlar qishloq xoʻjaligi sanoatining ogʻriqli nuqtalaridir. Yaqinda hukumat gidroponika uslubida ishlaydigan fermer xoʻjaliklarida oziq-ovqat yetishtirish tajribasini oʻtkazdi. Biroq, janubi-markaziy Quvaytda qishloq xoʻjaligiga yaroqli boʻlgan koʻpchilik tuproq yerlari Iroq askarlari hududdagi neft quduqlariga oʻt qoʻyganda va „neft koʻllari“ni yaratganda vayron boʻlgan. Baliq va qisqichbaqalar hudud suvlarida moʻl-koʻl boʻlib, yirik tijoriy baliqchilik mahalliy va Hind okeani suvlarida amalga oshiriladi.
Moliya
tahrirQuvayt GCC (Koʻrfaz hamkorlik kengashi) davlatlari ichida moliya sohasida yetakchilik qiladi[45]. Amir Quvaytning iqtisodiy rivojlanish doirasida moliya sanoatiga alohida eʼtibor qaratishni taʼkidlagan[45].
Quvaytning moliya sohasidagi tarixiy ustunligi (Koʻrfaz monarxiyalari orasida) 1952-yilda National Bank of Kuwaitʼning tashkil etilishidan boshlanadi[45]. Bu bank Koʻrfazdagi birinchi mahalliy ochiq aksionerlik kompaniyasi boʻlgan[45]. 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Quvaytda Koʻrfaz kompaniyalari aksiyalari bilan savdo qiluvchi muqobil fond bozori, Souk Al-Manakh, paydo boʻldi[45]. Oʻzining choʻqqisida, bozor kapitalizatsiyasi boʻyicha Buyuk Britaniya va Fransiyadan oldinga oʻtib dunyoda AQSh va Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinda turardi[45].
Quvaytda katta boyliklarni boshqarish sanoati mavjud[45]. Quvayt investitsiya kompaniyalari GCC davlatlari ichida, Saudiya Arabistonidan tashqari, har qanday boshqa davlatnikidan koʻra koʻproq aktivlarni boshqaradi[45]. Quvayt Moliya Markazi hisob-kitoblariga koʻra, Quvayt firmalari GCCdagi boshqarilayotgan jami aktivlarning uchdan biriga egalik qiladi[45].
Quvaytning moliya sohasidagi nisbiy kuchi uning fond bozoriga ham taʼsir qiladi[45]. Koʻp yillar davomida Quvayt birjasida roʻyxatga olingan barcha kompaniyalarning umumiy qiymati Saudiya Arabistonidan tashqari, har qanday boshqa GCC birjasinikidan ancha katta boʻlgan[45]. 2011-yilda Quvayt birjasi umumiy kapitalizatsiyasining yarmidan koʻpini moliya va bank kompaniyalari tashkil etgan; Koʻrfaz davlatlari orada, Quvayt moliya sektori kompaniyalari kapitalizatsiyasi umumiy hisobda Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi oʻrinda edi[45]. Soʻnggi yillarda, Quvayt investitsiya kompaniyalari oʻz aktivlarining katta qismini chet elda investitsiya qilmoqda va xorijiy aktivlarning qiyati ichki aktivlarnikidan ancha katta[45].
Quvayt Arab Iqtisodiy Rivojlanish Fondi orqali boshqa davlatlarga tashqi iqtisodiy yordamning asosiy manbasi hisoblanadi. Ushbu avtonom davlat tashkiloti 1961-yilda Gʻarb va xalqaro rivojlanish agentliklari andozasi asosida yaratilgan. Yillar davomida Misr, Suriya va Iordaniya, shuningdek Falastin Ozodlik Tashkilotiga yillik yordam koʻrsatgan. 1974-yilda fondning kredit berish vakolati butun dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab olish uchun kengaytirildi.
Zaxira fondlari
tahrirKuvayt Investment Authority (KIA) Quvaytning suveren zaxira fondi boʻlib, xorijiy investitsiyalar bilan shugʻullanadi. KIA dunyodagi eng yoshi katta suveren zaxira fondi hisoblanadi. 1953-yildan boshlab Quvayt hukumati investitsiyalarni Yevropa, AQSh va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga yoʻnaltirib keladi. 2021-yilda fondning aktivlari qariyb 700 milliard dollarga baholangan[46]. U dunyodagi uchinchi yirik suveren zaxira fondi hisoblanadi[46][47].
KIA ikkita fondni boshqaradi: Umumiy zaxira fondi (GRF) va Kelajak avlodlar fondi (FGF)[48]. GRF hukumatning asosiy gʻaznachisi hisoblanadi[48]. U davlatning barcha daromadlarini oladi va barcha xarajatlar ushbu fonddan qoplanadi. KIA moliyaviy aktivlarini ommaga oshkor etmaydi[48], ammo 2014-yil fevral holatiga koʻra, KIAda taxminan 410 milliard dollarlik aktivlar mavjud.
KIA koalitsiya xarajatlari va urushdan keyingi qayta qurish uchun toʻlovlarni amalga oshirishda Quvayt hukumatining asosiy kapital manbai boʻlgan[49]. 1990-yildan avval KIAning qiymati 100 milliard dollar edi, ammo Koʻrfaz urushidan keyin KIA mablagʻlari 40-50 milliard dollarga tushib qoldi.
2023-yilning iyul oyida Quvayt Kuwait Investment Authority (KIA) bilan hamkorlikda yangi suveren fond, Ciyadani yaratishni rejalashtirdi. Fondning qiymati aniq boʻlmasa-da, hozirda 800 milliard dollardan ortiq aktivlarni boshqarayotgan KIA ushbu fondni boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Fondning maqsadi Quvayt iqtisodiyotini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy diversifikatsiyani ragʻbatlantirish uchun yirik loyihalarni moliyalashtirishdir[50].
- Kelajak avlodlar fondi
Kelajak avlodlar fondi (FGF) 1976-yilda umumiy zaxira fondidan oʻsha vaqtdagi 50% mablagʻni oʻzlashtirish orqali tashkil etilgan. FGF kelajak avlodlar uchun jamgʻarma hisoblanadi. Har yili davlat daromadlarining 25% fondga oʻtkaziladi[51].
FGFning barcha aktivlari xorijda investitsiya qilinadi, taxminan 75% AQSh va Yevropada, qolgan qismi esa asosan Xitoy va Hindiston kabi rivojlanayotgan bozorlarga kiritiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kuwait's Move from Frontier to Emerging Market“ (2020-yil 14-dekabr).
- ↑ „World Bank Country and Lending Groups“. datahelpdesk.worldbank.org. World Bank. Qaraldi: 2019-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Population, total - Kuwait | Data“.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „World Economic Outlook Database, April 2022“. IMF.org. International Monetary Fund (2022-yil aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ Rabah, Arezki; Daniel, Lederman; Amani, Abou Harb; Nelly, El-Mallakh; Yuting, Fan; Asif, Islam; Ha, Nguyen; Marwane, Zouaidi (9 April 2020). Middle East and North Africa Economic Update, April 2020 : How Transparency Can Help the Middle East and North Africa. World Bank. p. 10. https://openknowledge.worldbank.org/handle/10986/33475. Qaraldi: 10 April 2020.Quvayt iqtisodiyoti]]
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 „Kuwait“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (CIA) (2018). Qaraldi: 2018-yil 21-aprel.
- ↑ „Ease of Doing Business in Kuwait“. Doingbusiness.org. Qaraldi: 2017-yil 24-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „TrendEconomy“. IMF.org. Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 „Foreign Trade in Figures“. — „Kuwait exports to a wide number of countries, the main ones being India (1.6%), China (1.3%), United Arab Emirates (1.1%), Iraq (0.9%) and Saudi Arabia (0.8%). Kuwait’s largest suppliers are China (16.7%), the United States (8.7%), the UAE (8.6%) and Japan (5.9%).“.
- ↑ „Kuwait: Trade Statistics“.
- ↑ „Kuwait: Imports and Exports“.
- ↑ „Kuwait, Trade with World“. European Union.
- ↑ „Import Partners of Kuwait“. CEIC Data (2018). Qaraldi: 2018-yil 21-aprel.
- ↑ „Sovereigns rating list“. Standard & Poor's. Qaraldi: 2011-yil 26-may.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 Rogers, Simon; Sedghi, Ami. „How Fitch, Moody's and S&P rate each country's credit rating“. The Guardian (2011-yil 15-aprel). Qaraldi: 2011-yil 31-may.
- ↑ „Kuwait“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (2015-yil 10-aprel). 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
- ↑ „GDP per capita, PPP (current international $)“, World Development Indicators database (Wayback Machine saytida 30 July 2015 sanasida arxivlangan), World Bank. Database updated on 14 April 2015.
- ↑ GDP – per capita (PPP), The World Factbook, Central Intelligence Agency.
- ↑ Economic Outlook Database, October 2015, International Monetary Fund ( at Archive-It saytida 14 February 2006 sanasida arxivlangan). Database updated on 6 October 2015.
- ↑ Grant Suneson. „These are the 25 richest countries in the world“. USA Today (2019-yil 7-iyul). 2023-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ 21,0 21,1 Ellie Pritchard. „Al-Zour: Kuwait's vision of becoming an international hub in the Middle East“. Valve World (2021-yil 22-iyun). 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ „KUWAIT: An Introduction“. Chambers and Partners. 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Sinopec completes main unit of the Middle East's largest refinery“. Hydrocarbon Processing (2019-yil 16-dekabr).
- ↑ „Largest Refinery Project in the Middle East“. Process Worldwide (2016-yil 24-avgust). 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Start-up of Kuwait's al-Zour refinery still months off“. Argus Media (2021-yil 16-mart). 2021-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ Talal Aljiran; Walid Alkandari (13 October 2019). Site Preparation & Soil remediation for Kuwait's Largest Environmental Friendly oil Refinery, by Utilizing Dredging & Soil Compaction. doi:10.2118/198101-MS. https://onepetro.org/SPEKOGS/proceedings-abstract/19KOGS/3-19KOGS/D033S018R006/218128. Qaraldi: 21 July 2021.Quvayt iqtisodiyoti]]
- ↑ „Feature: Kuwait's refinery project showcases Chinese concept of "win-win cooperation"“. Xinhua News Agency (2019-yil 14-dekabr). 2019-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kuwait launches Phase One of Shagaya Renewable Energy Park“. ME Construction News (2019-yil 24-fevral). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ 29,0 29,1 „Kuwait Solar Energy Market – Growth, Trends, COVID-19 Impact, and Forecasts (2021–2026)“. Mordor Intelligence (2021). 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „Shagaya power plant 1st phase launched“. Kuwait News Agency (KUNA) (2019-yil 20-fevral). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „First Phase Of Kuwait's Shagaya Renewable Energy Park Launched“. Utilities Middle East (2019-yil 25-fevral). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „PROJECTS: Kuwait to invite consultancy bids for renewable energy project“. Zawya (2021-yil 18-may). 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „Kuwait extends renewable advisory deadline“. MEED (2021-yil 23-iyun). — „Various phases of the Shagaya renewable energy project will have a combined capacity of 4GW once completed“. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „Faisal Awwad Al Khaldi: Go Big or Go Home“. The Business Year (2019). 2022-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ 35,0 35,1 „KWT Steel: Our ultimate goal is to become a fully-integrated steel manufacturer“. Steel Orbis (2018-yil 13-noyabr). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ 36,0 36,1 „United Steel Industries covers Kuwait's demand for steel -- Chairman“. Kuwait News Agency (2007-yil 6-fevral). 2022-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ 37,0 37,1 „New rebar capacity coming up in Kuwait“. Steel Orbis (2019-yil 19-noyabr). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ 38,0 38,1 „United Steel Industrial Co. (KWTSTEEL)“. Epicos (2019-yil 19-avgust). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Food self-sufficiency ratio in Kuwait in 2016, by type“. Statista (2020-yil 26-avgust). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ Choi Moon-hee. „South Korean Companies Building Smart Farms in the Middle East“. Business Korea (2021-yil 18-may). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ „Land use - The World Factbook - CIA“. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
- ↑ Farmers of Jahra[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Employment in agriculture (% of total employment) (modeled ILO estimate) | Data“ (en-us). data.worldbank.org. 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-aprel.
- ↑ 44,0 44,1 „general profile“ (en). Food and Agriculture Organization of the United Nations. 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-aprel.
- ↑ 45,00 45,01 45,02 45,03 45,04 45,05 45,06 45,07 45,08 45,09 45,10 45,11 45,12 Herb, Michael. The Wages of Oil: Parliaments and Economic Development in Kuwait and the UAE Michael Herb: . Cornell University Press, 18 December 2014. ISBN 9780801454684.
- ↑ 46,0 46,1 „SWFI“ (2021-yil 16-iyul). 2020-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
- ↑ „World's Oldest Wealth Fund Swells to Record and Cracks the Top 3“. Bloomberg (2021-yil 2-iyul). 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
- ↑ 48,0 48,1 48,2 „Fund Profile: Kuwait Investment Authority (KIA)“ 1–3. 2013-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-avgust.
- ↑ „The Vital Role of Sovereign Wealth Funds in the GCC's Future“. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-avgust.
- ↑ Hagagy, Ahmed. „Kuwait to set up new sovereign fund to develop mega projects and local economy“ (en). Reuters (2023-yil 16-iyul). 2023-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
- ↑ „Kuwait's Future Generations Fund“ 2. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-avgust.