Yoritqichlarning toʻsilishi

(Quyosh Va Oy Tutilishlaridan yoʻnaltirildi)

Yoritqichlarning toʻsilishi, Quyosh va Oy tutilishlari — Oy oʻzining Yer atrofidagi harakati davrida uzoq yoritqichlar (yulduzlar) oldidan oʻtib, ularni toʻsishi hodisasi. Koʻpincha, yulduzlar toʻsiladi. Yulduz qanchalik ravshan boʻlmasin, u Oy bilan toʻsilganda Oy chetida toʻsatdan yoʻqoladi (toʻsilishning boshlanishi) va toʻsatdan paydo boʻladi (toʻsilishning oxiri). Sayyoralarning toʻsilish hodisalari ham uchraydi. Yer Oydan tushgan soyaga yoki Oy Yerdan tushgan soyaga toʻgʻri kelib qolganda Quyosh va Oy tutilishlari roʻy beradi. Toʻliq Quyosh tutilishi 7,5 min. dan, qisman (katta fazali) Quyosh tutilishi 2 soatdan oshmaydi. Oydan tushgan soya Yerda taxminan 1 km/s tezlikda harakatlanadi va 15 km gacha masofani bosib oʻtadi. Uning diametri 270 km chamasida boʻladi. Bu esa toʻliq Quyosh tutilishining eng keng enini tashkil qiladi. Toʻliq Oy tutilishi 1 soat 45 min.gacha choʻzilishi mumkin. Bu hodisa Quyosh, Oy va Oy orbitasi tugunlarining osmon gumbazidagi oʻzaro vaziyatlari davriy ravishda takrorlanishi bilan bogʻliq. Har yili koʻpi bilan 7 Quyosh va Oy tutilishlari yuz beradi (bundan 3 tasi Oyga toʻgʻri keladi), kamida 2 tutilish (ikkalasi ham Quyoshga toʻgʻri keladi) roʻy beradi. Yo. t. rasadxonalar va maxsus st-yalardan asboblar orqali kuzatiladi. Ularni oddiy koʻz bilan (qoraytirilgan shisha orkali) ham kuzatish mumkin. Quyosh tutilishlari yangioy (Quyosh bilan Oy bir chiziqqa toʻgʻri kelgan) paytdagina yuz beradi. Oy orbitasi tekisligi ekliptika tekisligi bilan ustma-ust tushganda, har yangioy paytida Quyosh tutilishi yuz berar edi. Ammo Oy orbitasi ekliptikaga ogʻma boʻlganidan bunday boʻlmaydi. Yangioy ekliptika yaqinida boʻlgandagina tutilish roʻy beradi. Quyosh tutilishi Yer sirtining har xil nuqtalari uchun turli koʻrinishda boʻladi. Oy gʻarbdan sharqqa harakatlanganligi uchun tutilish Quyosh diskining gʻarb (oʻng) chetidan boshlanadi. Quyosh astasekin ingichka oʻroq shaklini ola boshlaydi. Quyosh diskining oxirgi nuqtalari yoʻqolib, tuda tutilish boshlanganda Oyning kora diski atrofida yorugʻ shula yarakdab koʻrinadi (bu Quyosh tojidir). Osmon birdan krrayadi, atrofda qizgʻish shuʼla ("shafaq halqa") koʻrinadi. Tutilish 2 soatcha davom qilishi mumkin, ammo toʻla faza bir necha minutgina davom etadi, chunki Oy diski Quyosh diskidan ozgina kattaroq xolos, shuning uchun butunlay toʻsib turish uzoqqa choʻzilmaydi. Oy tutilishi toʻlinoy paytlaridagina, yaʼni Oy Quyoshga qarshi turganda roʻy beradi. Oy gʻarbdan sharqqa harakat qilganidan Yer soyasiga Oyning sharqiy (chap) cheti oldin kiradi. Oy oʻroq shakliga kira boradi. Bu shakl odatdagi Oy fazalaridan farq qiladi. Oy Yerning soyasiga butunlay kirsa, u hrlda toʻla tutilish yuz beradi. Agar Oy soyaning chetidan oʻtsa, tutilish qisman boʻladi. Yer soyasining diametri Oy diski diametridan deyarli 2,5 marta katta boʻlganidan Oyning toʻla tutilishi 2 soatcha davom qilishi mumkin. Tula Yarimsoya Som Iuyosh tutchyaashi sjvtosi Yritsoya Oy tutilishi sxvtasi Yoritqichlarning toʻsilishi. Yupiter va uning yoʻddoshlarini oy toʻsishi. tutilish vaqtida ham Oy butunlay yoʻqolib ketmaydi, faqat odatdagiga nisbatan kuchsiz nur sochadi, qizgʻish sim rangga kiradi.

Har bir tutilish 18 yil 11 kun yoki 18 yil 10 kunda (kabisa yilning nomiga qarab) takrorlanib turganidan tutilishlarni oldindan aytish mumkin. Shuncha vaqt oʻtgandan soʻng Quyosh, Oy va Oy orbitasining tugunlari birbirlariga nisbatan taxminan dastlabki vaziyatlariga qaytib keladi (qarang Saros). Har bir Oy tutilishi Yer yarim sharining hamma joyida koʻrinadi, Quyosh tutilishlari esa tor bir oralikdagina koʻrinadi. Ayniqsa, Quyoshning toʻla tutilishi ahyonahyonda koʻrinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil