Quyosh dogʻlari
Quyosh dogʻlari - Quyosh fotosferasida kuzatiladigan tim qora detallar. Quyosh dogʻlari pora deb ataluvchi kichik qora nuqtalar (oʻlchami 1000 – 2000 km) koʻrinishida paydo boʻladi. Dogʻ kun sayin kattalashib, diametri = 5000 km ga yetgach, yarimsoya bilan oʻraladi. Eng katta Quyosh dogʻlarining diametri 20000 km gacha yetadi. Hozirgacha kuzatilgan eng katta dogʻning oʻlchami 100000 km ga yetgan. Quyosh dogʻlari ning kichiklari bir sutkagacha yashaydi. Quyosh dogʻlari koʻpincha katta va kichik dogʻlardan iborat guruhlarni tashkil qiladi. Bu guruhlar Quyosh gardishida juda katta maydonlarni egallashi mumkin. Guruhlar 3 — 4 hafta, baʼzilari 3—4 oygacha ham yashashi mumkin. Quyosh dogʻlari Quyosh ekvatorining ikkala tomo-nidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olib, dogʻ das-tlab quyi kenglamada paydo boʻladi. Quyosh dogʻlarini birinchi boʻlib 1611-yilda G.Galiley teleskop yordamida kuzatgan. Nemis astronomi G.Shvabe esa 1843-yilda Quyosh dogʻlarining soni oʻzgarishini topgan. 1913-yilda amerikalik astronom J.Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligi va fraungofer chiziqlarinit Zeyeman effektilsh ajralishi tufayli Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf qilgan. Magnit maydonlari Quyosh qaʼridan fotosferaga chiqayotgan energiya oqimini kamaytiradi va oqibat-da, ularning yuzaga chiqish joyida temperatura pasayib ketadi. Quyosh dogʻlari oʻzagi foto-sferadan 5 marta xira, yarimsoya esa oʻzakdan 4 marta yorugʻ. Quyosh dogʻlari oʻzagining temperaturasi fotosfera trasidan 1000— 2000 K ga past (4500 K va undan kam). Quyosh dogʻlarining oʻrtacha yillik soni davriy ravishda 11 yilda oʻzgarib turadi. 20-asrga kelib bundan ham uzoqroq (22, 80, 90, 600 yillik) davrlar topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |