Quyosh halqasi
Quyosh halqasi - Quyoshning mos balandliklarini kuzatish usuli boʻyicha vaqt tuzatmasi aniqlanadigan as-bob; ichi shkalali metall halqa. Nayza uchiga oʻrnatilgan (rasmga q.). Nayzadan taxminan 45° masofada teshikcha ochilgan. Tushdan 2 soat oldin Quyosh teshik orqali hosil qiladigan yorugʻ nuqtaning shkala boʻlaklaridan oʻtish momenti tekshiriladigan soatda belgilab qoʻyiladi. Kuzatish tushdan keyin takrorlanadi. Bu momentlar yigʻindisining yarmi (yarim minut aniqligida) haqiqiy tush vaqti soatini koʻrsatadi. Vaqt tenglamasiga qoʻshib, oʻrtacha quyosh tush soati hosil qilinadi; — mintaqalarning geografik uzunligi va soat mintaqasi raqami aniqlanib, mahalliy mintaqa vaqti, soʻngra soat tuzatmasi hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |