Róger Gómez
Róger Gómez Tenorio (talaffuzi: Rojer Gomez) (1965-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi Kosta-Rikalik futbolchi. Roger Gomez Tenorio xalqaro maydonda Kosta-Rika terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Róger Gómez Tenorio | ||
Tavallud sanasi | 7-fevral 1965-yil | ||
Tavallud joyi | Palmar Sur, Kosta-Rika | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990 | Cartaginés | ||
1992—1995 | Herediano | (38) | |
1995 | Turrialba | ||
1997—1999 | Pérez Zeledón | ||
1999—2002 | Municipal Osa | ||
Milliy terma jamoa | |||
1990—1992 | Costa Rica | 19 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
2000 | Municipal Goicoechea | ||
2003 | Municipal Osa | ||
2009—2010 | Atlético Veragüense | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirKosta-Rikaning Palmar Sur shahrida tugʻilgan Gomes Municipal Osa jamoasida oʻzining proffesional faoliyatini boshlaagan. Cartagines va Herediano klublarida ham oʻynagan hamda faoliyati davomida 119 ta gol urgan[1]. Bu gollariing 38 tasi Herediano jamoasida oʻynb yurgan paytlarida kiritgan. U 1995-yilning noyabrida Herediano tomonidan yomon mavsumdan soʻng klub faoliyatidan boʻshatilgan.
U 1986-yildan 2002-yilgacha Kosta-Rika Primerasida jami 524 ta oʻyinda maydonga tushib ularni yuqori saviyada oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirKosta - Rikada futbolchini El Policia laqabi bilan koʻpchilik yaxshi tanishadi. 1990-yilning may oyida Polsha terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Kosta-Rika terma jamoasi safida debyut qilgan va jami 19ta oʻyinda maydonga tushib, terma jamoa uchun 4ta gol urgan. U 1990-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan milliy terma jamoa tarkibida boʻlgan va ularning toʻrtta oʻyinidan uchtasida maydonga tushgan. U 1991-yilda UNCAF Millatlar kubogi tarixidagi birinchi golini urgan va 1991-yilda CONCACAF Oltin Kubogida ham Kosta-Rika terma jamoasi safida oʻynagan[2].
U 1992-yil 8-noyabrda Kosta-Rika terma jamoasidagi soʻnggi uchrashuvni Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Xalqaro maydondagi gollar
tahrirSana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Musobaqa | |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 26.05.1991 | Estadio Ricardo Saprissa Aymá, San José | Honduras | 1-0 | 2-0 | 1991 UNCAF Millatlar kubogi |
2. | 29.05.1991 | Estadio Ricardo Saprissa Aymá, San José | El Salvador | 6-1 | 7-1 | 1991 UNCAF Millatlar kubogi |
3. | 29.06.1991 | Pasadena, AQSH | Gvatemala | 1-0 | 2-0 | 1991 CONCACAF Oltin kubogi |
4. | 27.11.1991 | Los Angeles, AQSH | Meksika | 1-1 | 1-1 | Oʻrtoqlik oʻyini |
Murabbiylik faoliyati
tahrirOʻyinchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Gomez murabbiylik yoʻlini tnalagan. Uning ilk murabbiy boʻlgan klubi bu Osa. Shundan keyin Gomez Kosta-Rikaning bir qancha mahalliy jamoalar hamda Panamaning „Atletiko Veragüense“ jamoasini boshqargan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Club de los 100“ (Spanish). UNAFUT (2009-yil 24-avgust). 4-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 1991 — Full Details — RSSSF