Rúrik Gíslason
Rúrik Gíslason (talaffuzi: Yurik Gislason; 1988-yil 25-fevralda tugʻilgan) — islandiyalik sobiq professional futbolchi, oxirgi marta SV Sandhausen klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rúrik Gíslason[1] | ||
Tavallud sanasi | 25-fevral 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Reykjavík, Islandiya | ||
Boʻyi | 1.84 m[1] | ||
Ampluasi |
Yarim himoyachi Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
HK | |||
Anderlecht | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005 | HK | 12 | (1) |
2005—2007 | Charlton Athletic | 0 | (0) |
2007—2009 | Viborg | 46 | (16) |
2009—2012 | OB | 87 | (10) |
2012—2015 | Copenhagen | 68 | (5) |
2015—2018 | 1. FC Nürnberg | 30 | (0) |
2016—2017 | 1. FC Nürnberg II | 6 | (1) |
2018—2020 | SV Sandhausen | 55 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2003—2004 | Islandiya U17 | 14 | (5) |
2005—2007 | Islandiya U19 | 15 | (5) |
2005—2011 | Islandiya U21 | 19 | (6) |
2009—2018 | Islandiya | 53 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
tahrirRúrik faoliyatini yoshligida HK Kópavogur jamoasi bilan boshlagan. Belgiyaning oʻsha paytdagi chempioni boʻlgan R.S.C. Anderlecht klubidagi yosh toifadagi faoliyatidan soʻng 2005-yilda HK Kópavogur tarkibida professional debyut qildi.
2005-yil avgust oyi oxirida Rúrik Charlton Athletic klubi bilan shartnoma imzoladi, ammo Charlton klubining asosiy jamoasida maydonga tusha olmadi.
2020-yil 10-noyabrda Rúrik futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[2]. Germaniyadagi „Letʼs Dance“ telekoʻrsatuvining 14-qismida ishtirok etdi va koʻrsatib tanlovi gʻolibi boʻldi.
Xalqaro faoliyati
tahrirRúrik 2011-yilda Daniyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Islandiya U21 terma jamoasining aʼzosi sifatida uchrashuvlarda maydonga tushgan. Hujumchi Belarusga qarshi dastlabki oʻyinda zaxira oʻrindigʻiga oʻtirdi.
2018-yilning may oyida Islandiyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[3].
Shaxsiy hayoti
tahrirRúrik Islandiyadagi 2016-yilgi parlament saylovlarida va 2017-yilgi Islandiya parlament saylovlarida Independence Party partiyasidan nomzod boʻlgan[4].
2018-yilgi Jahon chempionatida Islandiya terma jamoasi bilan Argentinaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Oʻyindan soʻng, Rurikning Instagramdagi profili ancha ommalashdi, kuzatuvchilar soni 250 000 ga yetdi. Kuzatuvchilar soni 2018-yil iyun oyida bir milliondan oshdi, bu Islandiyaning hozirgi aholisidan uch baravar koʻp degani[5].
2021-yilda Rúrik rejissyor Hannes Þór Halldórsson tomonidan suratga olingan „Cop Secret“ jangovar komediya filmida suratga tushgan[6][7].
Faoliyat statistikasi
tahrirXalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Islandiya | 2009-yil | 4 | 0 |
2010-yil | 5 | 1 | |
2011-yil | 4 | 0 | |
2012-yil | 8 | 0 | |
2013-yil | 5 | 0 | |
2014-yil | 7 | 1 | |
2015-yil | 4 | 1 | |
2016-yil | 0 | 0 | |
2017-yil | 6 | 0 | |
2018-yil | 10 | 0 | |
Jami | 53 | 3 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Islandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Rúrikning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Manba |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2010-yil 11-avgust | Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya | Lixtenshteyn | 1-0 | 1-1 | Doʻstona | [1] |
2 | 2014-yil 10-oktyabr | Skonto stadioni, Riga, Latviya | Latviya | 3-0 | 3-0 | UEFA Yevro-2016 saralashi | [2] |
3 | 2015-yil 31-mart | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | Estoniya | 1-0 | 1-1 | Doʻstona | [3] |
Yutuqlari
tahrirCopenhagen
- Daniya Superligasi: 2012-13
- Daniya kubogi: 2014-15
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „2018 FIFA World Cup Russia: List of players: Iceland“. FIFA (10-iyun 2018-yil). 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2018-yil.
- ↑ Ingvi Þór Sæmundsson. „Rúrik leggur skóna á hilluna“ (islandcha). Vísir.is (10-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2020-yil.
- ↑ Crawford. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal (4-iyun 2018-yil). Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
- ↑ „Politics, dentistry and horror films: Iceland's incredible stories“ (inglizcha). Onefootball English (8-iyun 2018-yil). Qaraldi: 24-iyul 2018-yil.
- ↑ „Icelandic team's Rúrik now has over a million Instagram followers“ (inglizcha). Iceland Monitor (24-iyun 2018-yil). Qaraldi: 30-avgust 2018-yil.
- ↑ Stefán Árni Pálsson. „Fyrsta myndefnið úr Leynilöggunni“ (islandcha). Vísir.is (16-aprel 2021-yil). Qaraldi: 23-aprel 2021-yil.
- ↑ [Sjáðu Rúrik í sinni fyrstu kvikmynd „Sjáðu Rúrik í sinni fyrstu kvikmynd“] (islandcha). Morgunblaðið (16-aprel 2021-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Rúrik Gíslason“. European Football (23-iyun 2018-yil).
Havolalar
tahrir- SV Sandhausen profili (Wayback Machine saytida 2018-06-24 sanasida arxivlangan)
- „Rurik Gíslason muxlislari“ (Wayback Machine saytida 2018-11-29 sanasida arxivlangan)