Raʻno Abdullayeva
Raʼno Xabibovna Abdullayeva (1935-yil, 16-sentyabr, Shofirkon tumani, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — tarixchi olima, taniqli jamoat va siyosat arbobi.Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1985). Tarix fanlari doktori (1978).
Tarjimayi holi
tahrir1935-yilda 16-sentyabrda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. KPSS aʼzosi. Otasi — NKVD ofitseri[1].
1955—1988-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega joylarda ishlagan. „1959-1965 yillardagi yetti yillik rejada Oʻzbekiston SSR komsomolining faoliyati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: „Rivojlangan sotsializm sharoitida Sovetlarning KPSS rahbarligi“[2].
1955—1988-yillarda — oʻqituvchi, Shofirkon tuman komsomoli qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Shofirkon tuman qoʻmitasi boʻlim mudiri, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Markaziy Komiteti kotibi, boʻlim mudiri, partiya tashkilotining birinchi kotibi. Oʻzbekiston SSR Komsomoli Samarqand viloyat komiteti kotibi, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Samarqand viloyat qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Markaziy Komitetining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Komsomoli Markaziy Komiteti madaniyat boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkura boʻyicha kotibi kabi lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
1987-yil 29-oktabr kuni T. Gdlyan va V. Ivanov guruhi tomonidan Raʻno Abdullayeva nohaq qamoqqa olinadi va Moskvadagi Butirka qamoqxonasiga tashlanadi. SSSR Oliy Sudi majlisida aybsiz ekanligi maʼlum bulgach, 1990-yil 15-yanvarda ozodlikka chiqarilgan va Toshkentga qaytgan. Raʻno Abdullayeva tarixchi olima sifatida Oʻzbekiston SSRda partiya va yoshlar tashkilotlari boʻyicha koʻplab kitoblar muallifi. Tarixchi „Preodolenie ada“ asarida oʻzining SSSR Oliy Sudi majlisida oqlanish jarayonini koʻrsatgan. „Oʻzbek xalq maqollari va matallari“ nomli kitobni nashr etgan. Badiiy ijod bilan ham shugʼullanib, bolalar uchun ertaklar yozgan. U jahonning 27 mamlakatida xizmat safarida boʻlgan[3].
Oʻzbek ishi (Paxta ishi) doirasida hibsga olingan, oqlangan.
7 va 8-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi, 6, 9, 10 va 11-chaqiriqlarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan.
KPSS XXIII, XXIV, XXVII qurultoylari delegati.
Hozirda Toshkentda yashaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ ABDULLAYeVA Rano Xabibovna | TsentrAziya
- ↑ Lichnaya jizn Rano Xabibovni — Kremlevskoe delo
- ↑ Rajabov Q Bobomurodov K. Shofirkon tuman tarixi. Toshkent: Tafakkur, 2015 — 128-bet. ISBN 978-9943-24-116-9.
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T .: Oʻzbekiston, 1981. — S. 244.
- Abdullaeva, Raʼno Xabibovna. Oʻzbekiston yoshlari kommunizm uchun kurashda [Matn]. — Toshkent : Oʻzbekiston, 1964. — 50 b., 4 b. kasal.; 16 sm
- Intervyu 2019 (Wayback Machine saytida 2022-08-13 sanasida arxivlangan)