Quyonlar – 2002-yilda Devid Linch tomonidan suratga olingan qisqa metrajli film, quyondek kiyingan odamlarning kundalik hayoti haqida sakkiz qismdan iborat boʻlgan film. Har bir epizod qandaydir xonani koʻrsatadi va har biri oʻz oʻyinini oʻynaydigan uchta quyon odamning kutilmagan dialog va holatlarini oʻz ichiga oladi. “Quyonlar” gʻamgin titr bilan birga keladi: “Ismsiz shaharda, tinimsiz yomgʻir ostida... uchta quyon dahshatli xayolda yashaydi”.

Film rejissori va ssenariy muallifi Devid Linch film janrini sitkom elementlariga ega veb-film sifatida belgilaydi. Linch “Quyonlarni” raqamli videoda suratga olgan. Bunday suratlarni yaratish qobiliyati rejissorda katta taassurot qoldirgan.[1]

Mazmuni

tahrir

Film faqat bitta joyda, uyning yashash xonasi sifatida koʻrsatilgan. Syujetning bir qismi sifatida, quyon kiyimini kiygan uch kishi xonaga kirib, uni tark etadi va muloqot qiladi. Ulardan biri, Jek isimli erkak kostyum kiygan. Qolgan ikkitasi esa Syuzi va Jeyn ayollar boʻlib, biri koʻylak, ikkinchisi xalat kiygan. Har bir epizodda quyonlar juda qoʻrqinchli ohangda muloqot qilishadi[2]. Chiziqlar yashirin ma‘no bilan toʻldirilgan va ritorik murojaatlar shaklida koʻrsatilgan: “Sen sargʻish edingmi?”, “Nimadir boʻldimi?”, “Qiziq, kim boʻlarkinman?”, “Ularning, qayergadir ketishlarini xohlardim”, “Bu vaqt hikoyasi bilan bogʻliqmidi” va “Bu haqida kechkim bilmasligi lozim”. Quyonlar gaplashadigan tartibsiz, ammo bir-biriga bogʻliq koʻrinadigan mavzular dialogni oqilona suhbatlarga birlashtirish mumkinligini koʻrinadi, ammo ularning oʻziga xos boʻlgan talqinlari qiyin.

Baʼzi quyonlarning dialogi goʻyo jonli tomoshabinlar oldida suratga olingandek, ekrandan tashqari kulgi bilan toʻldiriladi. Shuningdek, xonaga quyonlardan biri kirsa, koʻzga koʻrinmas tomoshabinlar komediya filmlaridek odamlar baland ovozda qichqiradi va olqishlaydi. Biroq quyonlarning oʻzlari jiddiy boʻlib turishadi.

Baʼzi epizodlarda sirli voqealar sodir boʻladi, devorda yonayotgan teshik paydo boʻlishi va gʻalati iblis ovozining eshitilishi, mashʼum qizil chiroq paydo boʻlishi bilan hayron qoldiradi. Uch epizodga bitta quyonning yakkaxon chiqishi boʻladi, unda u gʻalati she‘rlarni aytadi.

Quyonlar bir vaqtda qoʻngʻiroq qilishadi, keyin esa epizodning eng yuqori choʻqqisida eshik taqillaydi. Eshik ochilganda, qattiq qichqiriq eshitiladi va tasvir yoʻqoladi. Eshik yopilgandan soʻng, Jek bu yashil paltodagi odam ekanligini aytadi. Oxirgi epizod quyonlarning divanda oʻtirishi va Jeyn “Qiziq, kim boʻlarkiman”[3] deb aytishi bilan tugaydi.

Rollarda

tahrir
Aktyor Rol
Scott Koffi Jek
Laura Harring Jeyn
Naomi Watts Syuzi
Rebeka Del Rio Jeyn

Ishlab chiqarish

tahrir

Devid Linch filmni Hollywood tepaliklaridagi uyining bogʻida suratga olgan. Joyning yoritilishini yaxshiroq nazorat qilish uchun suratga kechasi olingan. Uning asosiy aktyorlari Naomi Watts, Laura Harring va Scott Koffi - “Mulholland Drive”[4] filmining aktyorlari.

Devid Linchning aksariyat filmlarida boʻlgani kabi, musiqa ham bastakor Anjelo Badalamenti tomonidan yaratilgan.

Tanqid

tahrir

Tomoshabinlar filmda soya yaratish va filmning murakkab atmosferasini saqlab qolish uchun yorugʻlikdan oʻziga xos foydalanishni yuqori baholadilar[2].

Hatto koʻp yillar oʻtgan boʻlsa ham, “Quyonlar” kino tanqidchilarni hayratda qoldirishdan toʻxtamaydi[5][6].

Serial janrning an’anaviy elementlariga mos kelgani uchun koʻp Tomoshabinlar uni “komediya seriali” deb atagan. Ammo bu aslida sitkomning reaksion tarzda oʻzgarishi hisoblanadi. Bu xursand qilish yoki tasalli berish uchun moʻljallanmagan[7].

Fikrning kelib chiqishi

tahrir

Mashhur kinotanqidchi Deyv Kehr The New York Times gazetasida 1980-yilda suratga olingan “Mening amerikalik amakim” filmida aktyorlarga ulkan kemiruvchilarning boshini qoʻygan birinchi marta aynan Alen Resnay boʻlganini va quyonlarning suhbati Resnayning “Oʻtgan yili Marienbadda” filmidan parchani eslatishini ta‘kidladi[8].

Fanga ta‘siri

tahrir

2013-yilda Britaniya Kolumbiya universitetida oʻtkazilgan psixologik tajriba ishtirokchilariga “Quyonlar” filmidan 4 ta epizod koʻrsatildi[9]. Stiv Xayn guruhi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotning maqsadi odamlar oʻlim haqida oʻylash yoki syurreal filmni tomosha qilishda boshdan kechiradigan noqulaylik va ishonchsizlik tuygʻularini yengillashtirish uchun atsetaminofen qobiliyatini aniqlash edi. Film tanlashda olimlar bir ovozdan “Quyonlar” hayoti tahdid ostida boʻlgan odamning barcha tajribalarini eng yaxshi aks ettirishiga ishonishini bildirishdi.

Manbalar

tahrir
  1. „Lynchland : David Lynch about Rabbits 8 and davidlynch.com his website (Interviews)“. www.objectif-cinema.com. 22-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 „Making Sense of David Lynch: A Rabbits Tale | The Artifice“. 21-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  3. „Rabbits (2002) - IMDb“. 10-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  4. in Film, Television | May 30th, 2018 4 Comments. „David Lynch Made a Disturbing Web Sitcom Called “Rabbits”: It’s Now Used by Psychologists to Induce a Sense of Existential Crisis in Research Subjects“ (inglizcha). Open Culture. 18-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  5. „Rabbits: 'Main-Lining Lynch, Straight, No Chaser'“ (inglizcha). 25YL (3-oktabr 2017-yil). 30-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  6. reprobatemagazine. „“I Wonder Who I Will Be?” – David Lynch’s Existential Nightmare Series ‘Rabbits’“ (inglizcha). The Reprobate (5-dekabr 2019-yil). 22-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  7. „Revisiting David Lynch's disturbing web "sitcom" 'Rabbits' in all its deranged glory“ (inglizcha). Far Out Magazine (9-may 2019-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.[sayt ishlamaydi]
  8. Kehr, Dave. „Restless Innovations From Alain Resnais“. The New York Times (8-aprel 2007-yil). 20-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  9. „Anxiety? Existential crisis? David Lynch film? Take a Tylenol“ (inglizcha). Los Angeles Times (18-aprel 2013-yil). 24-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.