Rachel Holmes Ingalls (1940-yil 13-may – 2019-yil 6-mart) – amerikalik yozuvchi, 1965-yildan keyin Birlashgan Qirollikda yashagan[1][2]. U „Theft“ uchun 1970-yilda Mualliflar klubining birinchi roman mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning romani „Mrs. Caliban“ asari 1982-yilda, „Times Like This“ nomli qisqa hikoyalar toʻplami esa 2005-yilda nashr etilgan.

Rachel Holmes Ingalls
Tavalludi 1940-yil 13-may
Vafoti 2019-yil 6-mart
Kasbi yozuvchi
Ijod qilgan tillari inglizcha
Fuqaroligi amerika fuqarosi
Taʼlimi Radcliffe kolleji
Faoliyat yillari 1970-2019

1997-yildagi Wayne Wangning "Chinese Box " filmi qahramoni Jean – Ingallsning „Last Act: The Madhouse“ qisqa hikoyasidan ilhomlangan holda yaratilgan[3].

Biografiyasi

tahrir

Ingalls 1940-yil 13-mayda Bostonda tugʻilgan va otasi Harvard professori boʻlgani sababli Massachusets shtatining Cambridge shahrida katta boʻlgan[4]. U 1964-yilda Radcliffe kollejida bakalavr darajasini olgan va shundan soʻng Angliyaga koʻchib kelgan.

Boʻlajak yozuvchi Phyllisning qizi va marhum sanskrit mutaxassisi Daniel Henry Holmes Ingalls va kompyuter olimi Dan Ingallsning singlisi edi[5][6].

Ingalls 2019-yil 6-mart kuni 78 yoshida Londonda shifokorlar nazorati ostida miyelomadan vafot etgan.

Faoliyati

tahrir

Rachel, shuningdek, 1983-yilda „Binstead’s Safari“ asarini ham yozgan. Ingallsning obroʻsi chuqur hayrat va olqish bilan ajralib turadi, ammo unda maʼlum darajada noaniqlik ham mavjud[7]. U „Theft“ kitobi uchun Mualliflar klubining birinchi roman mukofotiga sazovor boʻlgan[8]. 1986-yilda Britaniya Kitob Marketing Kengashi shu paytgacha uncha maʼlum boʻlmagan „Mrs. Caliban“ asarini Ikkinchi jahon urushidan keyingi 20 ta eng buyuk Amerika romanlaridan biri deb nomlagan va ularda bu kitobga ham, yozuvchiga ham katta qiziqish uygʻongan. Avvalroq esa „Mrs. Caliban“ uchun maqtovlar John Updikedan ham kelgan edi[9]. Yozuvchi Daniel Handler Ingalls ijodining himoyachisi hisoblangan[10][11]. Joy Wiliams Book Post uchun yozgan ishiga umumiy sharhda shunday deb eʼtirof etgan edi: „[Ingalls] odamlar va hodisalarning haqiqiy emasligini, dunyoning markazidagi shubhalilikni yaxshi his qilgan[12]“.

Bibliografiyasi

tahrir

Theft (1970). London: Faber. ISBN 9780571139910

The Man Who Was Left Behind and Other Stories (1974). London: Faber. ISBN 0571104800ISBN 0571104800

Mrs. Caliban (1982). London: Faber. ISBN 0571118267ISBN 0571118267

Binstead’s Safari (1983). London: Dent. ISBN 0460022512ISBN 0460022512

Three of a Kind (1985). London: Faber. ISBN 0571136060ISBN 0571136060

The Pearlkillers (1986). London: Faber. ISBN 0571137954ISBN 0571137954

The End of Tragedy (1987). London: Faber. ISBN 0571148409ISBN 0571148409

Four Stories (1987). London: Faber. ISBN 0571145469ISBN 0571145469

Days Like Today (2000). London: Faber. ISBN 0571201105ISBN 0571201105

Times Like These (2005). Saint Paul, Minn: Graywolf Press. ISBN 9781555974312ISBN 9781555974312

Black Diamond (2013). London: Faber and Faber. ISBN 9780571300112ISBN 9780571300112

In the act, New York : New Directions Publishing, 2023, ISBN 978-0-8112-3204-3

No love lost, selected novellas; with a foreword by Patricia Lockwood, London : Faber & Faber, 2023, ISBN 978-0-571-37658-2

2017-yilda Pharos Daniel Handler tomonidan tanlangan va taqdim etilgan Ingalls hikoyalari toʻplamini Three Masquerades: Novellas nomi ositad nashrdan chiqargan[13] . (ISBN 9781940436449).

Manbalar

tahrir
  1. Park, Ed. „They Never Forget“ (2005-yil 20-dekabr). 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
  2. Rachel Ingalls in Contemporary Authors, New Revision Series, 2007
  3. Phipps, Keith „Wayne Wang: Boxed in“. A.V. Club (1998-yil 29-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.
  4. "The Hallucinatory Realism of Rachel Ingalls, " The New Yorker, 25 February 2019.
  5. Eck, Diana; Frye, Richard; Stewart, Zeph; Tu, Wei-ming; Witzel, Michael „Daniel Henry Holmes Ingalls“. Harvard Gazette (2010-yil 18-fevral). Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  6. Sokolov, Raymond. Bookshelf: Dorothy and the Frogman (1988-yil 15-mart).
  7. Fowler, Christopher „Invisible Ink: No 114 - Rachel Ingalls“. Independent (2012-yil 11-mart). Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  8. International Who's Who of Authors and Writers 2004, 19th, London: Europa, 2003 — 267-bet. ISBN 9781857431797. 
  9. Updike, John (1983). "Review of Mrs. Caliban". New Yorker: 87. 
  10. Cruickshank, Noah „Daniel Handler tells us what not to read on Valentine's Day“. A.V. Club (2017-yil 13-fevral). Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  11. Handler, Daniel „Daniel Handler on the Best Writer You Don't Know: Rachel Ingalls“. Literary Hub (2017-yil 14-fevral). Qaraldi: 2017-yil 16-fevral.
  12. Williams, Joy „Review: Joy Williams on Rachel Ingalls“ (2023-yil 20-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  13. Kirkus Review „Three Masquerades“. Kirkus (2017-yil 14-fevral). Qaraldi: 2017-yil 14-fevral.