Radiator (lot. radio — nurlanaman, nur tarqataman) — 1) turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolarini isitish tizimlarida qoʻllaniladigan isitish asbobi. Choʻyan, poʻlat, chinni va keramikadan yasaladi. Seksiyalari bir-biri bilan birikkan kanalli trubalar tizimidan iborat, trubalar ichida suv yoki bugʻ aylanib turadi. Suv yoki bugʻ aylanish kanali boʻyicha bir, ikki va koʻp kanalli xillari bor. Trubalar issiqlikni eng koʻp tarqatadigan shaklda yasaladi. Havo trubalar orasidagi boʻshliqdan oʻtib qiziydi va xonani isitadi. Isituvchi panellar deb ataluvchi shtamplangan poʻlat R.lar ham keng ishlatilmoqda; 2) ichki yonuv dvigateli silindrlarining suv gʻiloflaridagi isigan suvni yoki moylash tizimidagi qizigan moyni sovitib beradigan, latundan yasalgan qurilma; 3) radioelektronikada — yarim oʻtkazgichli asboblar, integral sxemalar, rezistorlar va boshqa elektron qurilmalardan issiqlikni olib ketadigan qurilma. Asosan, alyuminiy qotishmalari, mis, magnit va berilliy krtishmalaridan tayyorlanadi. Plastinkali, shtirli, simli va boshqa turdagi R.lar boʻladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil