Kapkayev Radik Abdullayevich (1928. 9.11, Toshkent) — dermatovenerolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), tibbiyot fanlari doktori (1970), professor (1972). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1953). Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri (1976—99). Ilmiy ishlari zaxmni ekmonovotsillin bilan davolash chogʻida bemorlarning klinik-biokimyoviy va patomorfologik koʻrsatkichlari; ekzema va allergik dermatit klinikasi, immunologiya, elektron mikroskopiya va teri patogisto-logiyasiga oid. K. ekzema, psoriaz, vitiligo, layshmanioz, teri oʻsmalari, zaxm va b. teri-tanosil kasalliklari belgilarini chuqur oʻrgandi va ularning diagnostikasi hamda davolash usullarini ishlab chiqdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil