Radioaktivatsion analiz, aktivatsion analiz — moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini ularni nurlantirish natijasida yadrolarida hosil boʻlgan radioaktiv nurlanishga koʻra aniqlash usuli. Radioaktivatsion analiz dastlab Vengriya kimyogarlari D. Xeveshi va G. Levi tomonidan 1936-yilda ittriy preparatida disproziy miqdorini aniqlash uchun qoʻllangan. Radioaktivatsion analizda tekshirilayotgan modda maʼlum muddat yadro zarrachalari (neytronlar, protonlar, deytronlar, azarrachalar va boshqalar) yoki unurlar bilan nurlantirilgach maxsus qurilmalar yordamida hosil boʻlgan radioaktiv izotopning turi va faolligi aniqlanadi. Eng keng tarqalgani neytronaktivatsion usul boʻlib, bunda tekshirilayotgan modda yadro reaktorida neytronlar yordamida (l, u) — reaksiya bilan faollantiriladi.

Har bir radioaktiv izotop oʻziga xos yarim yemirilish davri (T|/2) va nurlanish energiyasi (Yeyemir)ga ega boʻlib, uning bu tavsifi boshqa radioaktiv izotopnikiga aslo oʻxshamaydi. Izotoplarning bu tavsiflari maxsus jadvalga toʻplangan. Jadvaldan esa shu radioaktiv izotop mavjud boʻlgan elementning tartib rakami va massa sonini aniqlash mumkin. Hosil boʻlgan faollik miqdori esa nurlantirilgan izotop miqdoriga proporsional. Elementning izotop tarkibiga koʻra shu elementning miqdori aniqlanadi.

Moddaning sifat va miqdorini Radioaktivatsion analiz yordamida aniqlashda instrumental yoki radiokimyoviy usuldan foydalaniladi. Instrumental Radioaktivatsion analiz hosil boʻlgan radioaktiv izotoplarni radiotexnik qurilma yordamida toʻgʻridantoʻgʻri tekshirishga asoslangan. Radiokimyoviy Radioaktivatsion analizda moddaga kimyoviy ishlov berib, faollantirilgan elementlarni kimyoviy jixatdan ajratiladi, soʻngra ularning faolligi aniqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil